Jahon çempionatida 1/8 final bosqiçi start oldi. Uşbu bosqiçning ilk öyinida Marokaş turnir mezbonlaridan biri Kanadani yirik hisobda mağlub etdi (3:0), Fransiya esa Paragvay bilan öyinda katta qiyinçilikka uçradi (1:0).

Maydon taşqarisida ham jahon çempionatiga aloqador voqealar davom etmoqda: Kaboverdelik Vozinya jahondagi eng maşhur darvozabonga aylandi, FIFA prezidenti Janni Infantino navbatdagi mojaroga aralaşib qoldi, Meksikadagi kartel esa Ekvador futbolçilariga bosim ötkazişda ayblanmoqda.

Tantaşevning tuşunarsiz qarorlari

Paragvay – Fransiya 0:1
Gol: Mbappe, 70 – penalti (0:1)
Paragvay: Hil, Velaskes, Alderete (Kanale, 58), G. Gomes (Maurisiu, 71), Alonso, Kaseres, D. Gomes, Kubas, Galarsa, Almiron (Avalos, 71), Ensiso (Kabalero, 61)
Fransiya: Menyan, Upamekano, Saliba, Din, Kunde, Kone, Rabio, Olise, Barkolya (Due, 61), Dembele (Şerki, 84), Mbappe
Ogohlantirişlar: Barkolya, 19. Kone, 81. Olise, 90

Germaniya ortidan Fransiya ham Paragvay bilan öyinda azob çekdi. Şunga qaramay, penaltidan urilgan yagona gol evaziga keyingi bosqiçga çiqdi. Endi Dide Deşam şogirdlari 10 iyulga ötar keçasi çorakfinalda Marokaş bilan öynaydi.

Bu turnirdagi eng öyin daqiqalari eng kam öyinlardan biri böldi – bu öyinda kombinatsiyalardan köra kuraş, töqnaşuv, provokatsiyalar köproq böldi, özbekistonlik hakam Ilgiz Tantaşev esa öyin tizginini qöldan çiqardi. Paragvayliklar 90 daqiqa davomida «iflos» öyin körsatgan bölsa-da, birorta kartoçka olmadi, jabrlanuvçi rolida bölgan fransuzlar esa uç marta ogohlantirildi.

Paragvay ilk daqiqalardanoq keskin harakatlar qilişni boşladi va asosiy e’tiborini raqibni izdan çiqarişga harakat qildi. Lekin birinçi bölimdagi yagona kartoçka Kaseres bilan töqnaşuvdan keyin Barkolyaga körsatildi.

Birinçi bölim

Barçasi öyinning yarim soati ortda qolganida boşlandi. Gustavo Velaskes töp uçun kuraş vaqtida darvozabon Mayk Menyanning boşiga çiqib ketdi, bu oddiy vaziyatdek köringandi, ammo takroriy kadrlar paragvaylik futbolçi qasddan darvozabonning boşiga zarba berganini körsatdi.