Jahon | 18:20 / 06.06.2017
5109
1 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lankadagi suv toshqini qurbonlari soni 212 nafarga yetdi

Foto: Anadolu

Shri-Lankada suv toshqini va ko‘chkilar qurbonlari soni 212 nafarga yetdi. Bu haqida BMTning Jyenevadagi matbuot anjumanida BMT Bolalar fondi (YUNISEF)ning Shri-Lankadagi vakili Tim Satton ma'lum qildi. 

Satton Shri-Lankadagi musson yomg‘irlari natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar so‘nggi yillardagi eng kuchli tabiiy ofatlar ekanini ta'kidladi. 

YUNISEF vakilining so‘zlariga ko‘ra, 79 nafar kishi hanuz yo‘qolganlar ro‘yxatida qayd etilmoqda. 

Bundan tashqari, boshpanasiz qolgan 22 ming kishi lagerlarga joylashtirilgan va o‘sha yerda o‘ta noqulay sharoitlarda yashash uchun kurashni davom ettirmoqda. 

Sattonning so‘zlariga ko‘ra, YUNISEF Shri-Lankadagi tabiiy ofat natijasida jabrlangan bolalarga yordam ko‘rsatishda davom etadi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid