1 may kuni soat 21:40 lar çamasida kuçli yomğir yoğişi oqibatida suv toşqini yuzaga kelib, Farğona viloyati Beşariq tumani Rapqon qişloğining Vorux Daşt, Yangiqörğon mahallalaridagi ayrim xonadonlarga suv kirgan. Ayni paytda tegişli taşkilotlar tomonidan toşqin talafotlarini bartaraf etiş işlari amalga oşirilyapti. Kun.uz muxbiri Rapqon qişloğida bölib, hodisa joyidan reportaj tayyorladi.
“Uyga qaytsam, devor va ayvonlar qulagan ekan” – Tursunbibi Husanova

“Sel kelgan kuni, ya’ni 1 may soat 22:00 lar atrofida qarindoşimiz yuqori qişloqqa sel kelibdi, bizning qişloqqa ham keliş xavfi bor ekan, deb qönğiroq qildi. Taşqariga çiqsam, suv uyimizga allaqaçon kirib bölgan ekan. Darhol bolalarimni uyğotdim-da, kiyintirdim.

Uyni taşlab boşqa joyga çiqib ketdik. Bu orada öğlim kelib oğilda turgan molimizni ayvon yoniga boğlab ketdi. Ertasi kuni uyimizga kelsam, köça devori ağnagan. Orqada ikkita hojatxona bor edi, u va hammom ham ağnabdi. Hovli orqasidagi tandirxona va ayvon ham ağnagan ekan.
Lekin yaxşiyamki, uyning içiga suv kirmadi. Faqat hammomga kiribdi. Mana, endi hamma yoqni tozalab ötiribmiz. Hokim kelib holat bilan tanişib ketdi. Haşarçilar yordam berişyapti. Körgan zararlarimiz uçun qöllaridan kelganiça yordam beramiz deyişyapti”.

“5 ta uyimga suv kirdi. Pollarni suğurib, uy içlarini tozalaş işlarini olib boryapmiz. Qişloğimizga 2019 yilda ham sel kelgan edi. Unda talafot bundan köra ança yomon bölgan. Hatto aholi yaşaş xonadonlari ham qulagan edi öşanda”, deydi Ilhomjon Dehqonov.
“Zarar miqdori aniqlanyapti” – Ortiqali Isomiddinov
“1 may kuni keçqurun soat 21:00 larda kuçli yomğir yoğib, tumanimizning Vorux Daşt mahallasi hududidagi 90 dan ortiq xonadon hovlisiga suv kirdi. Çorva mollari, odamlarga heç qanday zarar yetgani yöq. Öşa kundan boşlab Favqulodda vaziyatlar bölimi, tegişli taşkilotlar, barça hamjihat bölib, talafotni bartaraf etiş böyiça harakat boşlandi.













