16:18 / 07.06.2017
90685

GM Uzbekistan avtomobilga to‘lov turlari haqida ma'lumot berdi

Foto: "Kun"

GM Uzbekistan AJ avtomobil narxini to‘lash turlari haqida ma'lumot berdi.

Jismoniy shaxslarga avtomobil yetkazib berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- Naqd pul mablag‘larini bank tashkilotlari kassasiga topshirish yo‘li orqali;

- Jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan avtomobilni xarid qilish uchun beriladigan iste'mol krediti hisobidan yoki jismoniy shaxslarning omonat (depozit) hisob raqamlaridagi mablag‘lardan pul o‘tkazish yo‘li orqali;

- Faqatgina xaridor nomiga rasmiylashtirilgan jismoniy shaxsning plastik kartochkasi orqali.

Yuridik shaxslarga avtomobilni yetkazib berish quyidagicha amalga oshiriladi:

- Yuridik shaxslarning banklardagi depozit hisob raqamlaridan, pul mablag‘larini qonunda belgilangan tartibda pul o‘tkazish yo‘li orqali;

- Tijorat banklari tomonidan yuridik shaxslarga yoki yakka tadbirkorlarga avtomobil xarid qilish uchun berilgan kredit hisobidan, ssuda hisob raqamlaridagi mablag‘lardan pul o‘tkazish yo‘li orqali.

Avvalroq GM Uzbekistan rasmiy saytida avtomobillar narxlari bilan real vaqt rejimida tanishib borish imkoniyati mavjud bo‘lgan maxsus bo‘lim ish boshlagani haqida xabar bergandik. 

 

Top