Ikki tomonlama yutiş: «Oçiq» konvertatsiya şaroitida Özbekistonni nimalar kutmoqda?
|18:43 / 07.06.2017136 75911 min
Özbekistonda valyuta siyosatining erkinlaştirilişi haqidagi gap-sözlar ötgan yilning noyabr oyida paydo bölgan edi. Prezidentning bu haqidagi qarorining loyihasi muhokama uçun davlat interaktiv xizmatlari yagona portaliga ham joylaştirildi. Köpçilik qaror 2017 yilning boşida qabul qilinadi, deb öylayotgan edi, biroq oradan mana yarim yil ötdiki, erkin konvertatsiya yölida hozirça MBning rasmiy kursi haftasiga 20–30 sömdan oşib borayotganidan boşqa heç qanday qadam taşlanganini körayotganimiz yöq.
UZ24 ekspertlardan birini suhbatga çorlab, konvertatsiya «oçib» yuborilsa nimalar bölişi va bundan kim yutişi haqida gapirib berişni söradi.
Xalqaro valyuta majburiyatlari
Mamlakatda konvertatsiya oçilişi uçun, öşa konvertatsiya deganlari avvalo yopilgan bölişi kerak. Özbekiston 2003 yilning 15 oktabrida XVF ustavining sakkizinçi moddasiga köra, joriy operatsiyalar böyiça milliy valyutani konvertatsiyalaş majburiyatni olgan, öşandan beri bu majburiyatlardan rasmiy ravişda böyin tovlamagan, imzosini qaytarib olmagan, de-yure (yuridik jihatdan) konvertatsiya bizda yopiq emas. Gap şundaki, mamlakat ayni paytda öz gardaniga olgan majburiyatlarni mutlaqo bajarmayapti. Bu majburiyatlarga köra Özbekistonga quyidagilar mumkin emas:
• joriy xalqaro operatsiyalar böyiça tölov va ötkazmalarni amalga oşirişga çeklovlar joriy qiliş;
• biror-bir diskriminatsion valyuta bitimlarida qatnaşiş va unga yöl qöyib beriş yoki köplab ayriboşlaş kurslari amaliyotidan foydalaniş;
Bundan taşqari, Xalqaro valyuta fondiga a'zo bölgan boşqa bir davlatdan mamlakat özining milliy valyutasi qoldiqlari sotib olişni amalga oşirişga majbur.
2003 yil oxiridan 2008 yil örtasigaça Özbekiston joriy operatsiyalar böyiça milliy valyutani konvertatsiyalaş böyiça majburiyatlarni aniq va izçil amalga oşirib kelgan. Aynan şu yillari mamlakat eksporti çiroyli ösiş körsatkiçlarini körsatib, beş yil içida uç martaga oşgan — 2,7 mlrd. dollardan 11,5 mlrd. dollarga yetgan. Şu davr içida YaIM ham joriy narxlarda 2,8 marta oşgan, bu esa eksport hajmining ösişi va YaIM ösişi örtasida ijobiy korrelyatsiya borligini tasdiqlaydi. Mamlakatning makroiqtisodiy muvaffaqiyatlari albatta, milliy valyutaning devalvatsiya, söngra buning ketidan konvertatsiya qilinişi bilan boğliq bölgan.
2008 yilgi jahon krizisining ta'siri
Mavzuga oid
Dastlabki muammolar 2008 yili AQŞda boşlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy krizisi tufayli paydo böla boşladi. Kelayotgan moliyaviy tahdidlar vaji bilan, boşqa rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan, qöşnilarimiz va asosiy savdo hamkorlarimiz ham tutgan yöl — milliy valyutani devalvatsiya qiliş örniga, avvaliga oğzaki, söngra byurokratik çeklovlar joriy etila boşlandi.
Avvaliga valyuta ayriboşlaş şoxobçalarida jismoniy şaxslar uçun çeklovlar joriy etildi, söngra xalq iste'moli mollari importi bilan şuğullanuvçi sub'yektlarga ham ruxsatga taqiq qöyildi, köp ötmay investorlarning öz foydasini vataniga qaytarişi (repatriatsiya)ga ham navbat yetib keldi.
Bunga javoban darhol parallel bozor — valyuta mablağlarini olib çiqib ketiş va ayriboşlaşning gibrid sxemalari paydo böldi. Bu çeklovlarning barçasi mahalliy işlab çiqaruvçi va işçi örinlarni taşqi ta'sirlardan himoya qiliş şiori ostida joriy etilayotgan edi. Alal-oqibatda aynan işlab çiqaruvçilar çeklovlardan eng köp zarar körgan qatlam böldi, çunki ular texnologiyalarini yangilay olmay, import xom aşyosi xarid qilişda qiynala boşladi. Eksportçilar esa sömning bozorga oid bölmagan kursi sun'iy uşlab turilganligi tufayli taşqi bozordagi raqobatçilariga yutqaza boşladi, işçi örinlar qisqara boşladi (eng katta migratsiya oqimi aynan erkin konvertatsiyaga çeklov joriy etilganidan keyingi yillarda röy berib, jarayon hamon davom etmoqda).
Xatoning bahosi
2009–2014 yillarda mehnat migrantlaridan kelayotgan transferlar va pul ötkazmalari hajmining ösişi hukumatni yangliş töxtamga kelişga majbur qildi. Ular özlari tomonidan joriy etilgan, konvertatsiyaga erkin ega bölişni çeklaş mexanizmi ratsional va iş berayapti, deb öylay boşlaşdi. Haqiqatdan ham, köplab tadbirkorlik sub'yektlari va aholining valyutaga bölgan talabini mehnat migrantlarining pul ötkazmalari qoplay boşladi, bu esa valyuta kursiga bosimni ança pasaytirar, rasmiy va bozor kursi örtasidagi farq 20–30 foiz atrofida saqlanib turilgan edi. Taassufki şartli konsensus 2014 yilgaça, ya'ni Rossiyaga nisbatan xorijiy sanksiyalar joriy etilganga qadar amal qildi. Endi esa biz yana 2000-yillar boşidagi vaziyatga tuşib qoldik. Farqi şundaki, endi iqtisodiy öyinçilar va moliyaviy markazlar bozori karrasiga katta, mamlakat esa xalqaro iqtisodiyotga boğliq: öz-özidan, xato va harakatsizlikning, işni keyinga taşlaşning bahosi juda ulkan böladi.
Ötgan marta, mamlakat bu muammo böyiça irodali qaror qabul qilganida, konvertatsiya oçilişi uçun barça jarayonlarga deyarli ikki yil vaqt ketgan edi. Çunki öşanda tegişli qonunçilik va me'yoriy hujjatlar bazasi yöq edi. Şuning uçun Özbekiston hukumati va XFV iqtisodiy va moliyaviy siyosat böyiça memorandum imzolagan edi. Aynan şuning uçun joriy xalqaro operatsiyalar böyiça milliy valyutani konvertatsiya qilişni ta'minlaş böyiça harakatlar Dasturi tasdiqlangandi. Hozir bularning barçasiga zaruriyat yöq. «Konvertatsiyani oçiş» — bu valyutaga oid tartibga soliş işlarini qonunçilik maydoniga qaytariş, degani. Joriy operatsiyalar böyiça milliy valyutani konvertatsiya etiş böyiça qabul qilingan majburiyatlarga aniq rioya qilinişi uçun siyosiy iroda kerak, xolos. Buni bugun ham, ertaga ham amalga oşiriş mumkin. Erkin konvertatsiya qanday muammolarni «yuzaga» çiqaradi?
Milliy valyuta konvertatsiyasi sehrli tayoqça emas, aynan buning aksi. Erkin konvertatsiya yillar davomida töplanib qolgan tizimli byurokratik muammolar, bizning gibrid va bozorli bölmagan iqtisodiyotimizdagi nuqsonlar, nomutanosibliklarni aniqlab, yuzaga çiqarib beradi. Erkin konvertatsiyaning joriy etilişidan söng bozor, strukturaviy va institutsional (samarali sud tizimi, mulk va huquqni himoya qiliş, mustaqil bank tizimi, qonun ustuvorligi va hokimiyatning bölinganligi) islohotlarni ötkazmaslikning iloji yöq, çunki islohotlar ötkazmasdan oçiq bozor tomon harakat vaziyatni yanada oğirlaştiradi, xolos.
Birinçi navbatda davlat monopoliyalari va yillar davomida imtiyozli kursda valyuta xarid qilib kelgan korxonalar jabr körişadi. Bozor kursi bölmagan kursda konvertatsiya — aynan xöjalik yurituvçi sub'yektlar va aholining hisobidan imtiyozga ega bölişni bildiradi. Narx şakllanişi zanjirida bu imtiyoz uçun albatta sönggi iste'molçi, ya'ni siz va biz öz çöntagimizdan tölaymiz. Ular strukturasini özgartirib, qisqartirişlar olib borişi, bozor relslariga ötişi yoki şunçaki yopilişga majbur bölişadi.
Bugungi kunda imtiyozli konvertatsiyaga ruxsati bor xususiy strukturalar erkin konvertatsiyadan qattiq larzaga tuşişmaydi, şunçaki ularning işlab çiqarişi va loyihalari rentabelligi qisqaradi. Superrentabelli taşkilotdan ular şunçaki, teng şaroitlarda işlayotgan, raqobat qilayotgan rentabelli taşkilotga aylanişadi.
Valyuta kreditlari olgan va uzoq muddatli loyihalarni amalga oşirayotgan xöjalik yurituvçi sub'yektlarga qiyin böladi. Erkin konvertatsiya şaroitida ularning loyihasi qiymati 2–3 barobar oşib ketişi mumkin. Şu sababli, samarasiz loyihalar va faqatgina imtiyozli konvertatsiya oliş ilinjida tuzilgan loyihalar darhol yopilişi yoki şakli özgartirilişi lozim böladi.
«Konvertatsiyaning oçilişi»ga qarşi bölganlar erkin konvertatsiya şaroitda xalqqa yomon bölişi bilan qörqitişadi. Aslo bunday emas. Yakuniy iste'molçilar — xalq esa har doim yakuniy iste'molçi bölib kelgan — turli kurslar hukm surib turganda tovar va xizmatlarning, albatta, eng qimmat kursga qarab belgilangan narxida xarid qilişga mahkum, çunki narx hosil qilişda bozorning barça iştirokçilari eng maksimal kursga qarab belgilaşadi — bu bozorning qonuni! Şu sababli erkin konvertatsiya şaroitida iste'mol narxlari bir neça karraga oşişi haqidagi çöçituvçi ssenariylar — asosga ega bölmagan quruq gaplardir.
Kim yutadi?
Konvertatsiyaning oçilişidan birinçi navbatda eksport qiluvçilar yutadi. Ular hozir bozorga oid bölmagan sun'iy ravişda past uşlanib turilgan kurslar bilan zörğa nafas olib yurişibdi, eksport tuşumining bir qismini yaşirişadi yoki nazorat organlarining nigohiga tuşib qolmaslik uçun noqonuniy yöllar bilan sotişadi. Erkin konvertatsiya şaroitida, töliq sinxron devalvatsiya ötkazilsa, eksport tuşumini yaşiriş zaruriyati yöqoladi, eksport hajmini oşiriş uçun bozor stimuli paydo böladi.
Konservativ fikr yurituvçilar uçun bularning barçasi ğalati eşitilar, lekin savodli va kompleks soliq soliş islohoti ötkazilganda erkin konvertatsiyadan byudjyet ham yutadi, çunki soliq solinuvçi baza kengayadi — bu öşa win-win deb ataluvçi, ham davlat, ham biznes yutadigan sxemadir. Valyuta resurslariga ruxsatning qonuniylaştirilişi va teng imkoniyatliligi nafaqat xufyona iqtisodiyotni, ham eksportda, ham importda taşqi savdoning «yaşirin qismi»ning ham oçiqlanişiga sabab böladi, bu esa byudjyetga tuşumlarning oşişiga olib keladi. Albatta, dastlabki paytlarda taşqi davlat qarziga xizmat körsatiş qiymati ança ortadi, biroq, masalan, 2003 yilda devalvatsiyadan söng byujdet tuşumlarining ösganligi taşqi qarzlarga xizmat körsatiş xarajatlari örnini qoplagan edi. Har qanday holatda taşqi qarz haqidagi rasmiy va tasdiqlangan ma'lumotlarga ega bölib, ehtimolli ssenariy va risklar yuzasidan stress-testlar ötkaziş mumkin.
Erkin konvertatsiya «oçilgan» kunning ertasiga nima bölişi haqida butun manzarani tasvirlaşning iloji yöq, bu yerda juda köp omillar rol öynaydi. Masalan, pul-kredit siyosati, xususan, foiz stavkasi (qayta moliyalaş stavkasi) va majburiy zaxiralarni operativ tartibga soliş. Yangi muvozanatlaştirilgan savdo rejimining işga tuşirilişi ham bunday alohida rol öynab beradi.
Kalon Yomonboyev.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamaydi.