Yozuvçi Murod Muhammad Döst “Lolazor” podkastidagi suhbatida 1990-yillar örtalarida boşlanib, 2017 yilgaça davom etgan valuta konvertatsiyasining çeklanişi “bir hovuç odamlar”ni boyitgani haqida gapirib berdi.
Ma’lumot uçun, 76 yoşli jamoat arbobi 1990-1992 yillarda Prezident devonida mas’ul xodim, 1993-1999 yillarda prezident matbuot kotibi bölib işlagan.
“Bizning, Özbekistonning, Islom akaning ham eng katta xatosi mana şu yerda bölgan. Islom akaga “valuta çiqib ketadi, yerda ötirib qolamiz”, deyişardi. Lekin birortasi çiqib aytmadiki: “Islom aka, özbek nonni quloğiga yemaydi, oğziga yeydi. Valuta olib çiqsa, örniga bir narsa olib keladi, kerak bölsa yana olib çiqib sotadi”. Xullaskalom, öşanda valutani kontrol qiliş boşlandi. Keyin konvertatsiya degan narsa çiqdi. Öşa odamlar uçun bu konvertatsiya öylab topildi-da.
Bizning start pozitsiyamiz Qozoğistonnikidan yaxşi edi-ku. Şu yerda xato böldi-da. Öşani atrofida yuzta oila boy bölib oldi. Milliarderlar paydo böldi. Öşa yerda juda katta xato böldi-da. Agar şu iş qilinmaganida, iqtisodiyotimiz oçiq turganida edi...
Keyin nima böldi? Valutaning kontroli bir hovuç odamlarning qölida böldi. Öşandan 4 ta kurs paydo böldi. Valuta almaştirişga kuçi yetadigan odamlar özi ma’lum edi-ku, faqat öşalarni boyitdik”, – dedi Murod Muhammad Döst.
4 ta kurs paydo bölgani va boşqa holatlarni Islom Karimov bilarmidi degan savolga, yozuvçi: “Menimça, bilardi. Çunki u odam baribir iqtisodçi edi. Bilardi şekilli...” deya javob berdi.
Avvalroq, 90 -yillarda Markaziy bankda iqtisodçi bölib işlagan Komiljon Akramov birinçi ma’muriyat davrida iqtisodiy siyosatdagi xato buriliş nuqtasi 1997 yildagi oğir iqtisodiy vaziyatda hukumatning pul bosib çiqarişga qaror qilganidan keyin boşlangani, konvertatsiyaning yopilişi ham ana şu xato ketidan qilingan boşqa bir xato bölganini aytgandi.
Ötgan asrning 90-yillari örtalaridan 2017 yilga qadar amalda bölgan valuta konvertatsiyasi bilan boğliq muammolar tufayli Özbekiston xalqaro savdo uçun yopiq mamlakatga aylanib qolgandi. Import va eksport amaliyotida köp tösiqlar mavjud edi.

















