“Bo‘layotgan valuta operatsiyasining qaysi maqsadga mo‘ljallangani o‘rganilishi kerak” – Mamarizo Nurmurodov
MB raisiga ko‘ra, valuta operatsiyalari bo‘yicha cheklov kiritilishini nazarda tutuvchi qaror komplayens nazorat tizimini kuchaytirish uchun qabul qilingan. “Komplayens nazorat tizimi hozir hamma joyda talab qilinyapti. Biz ham o‘zimizning tijorat banklarimizdan buni so‘rayapmiz”, dedi regulyator rahbari.
Markaziy bank O‘zbekistonda banklar va tadbirkorlik sub’yektlari uchun valuta operatsiyalariga cheklovlar joriy etish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi. 16 sentabr kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida regulyator raisi Mamarizo Nurmurodov bunga izoh berdi.
“Bu qaror bo‘yicha ma’lum bir ijobiy fikrlarni ko‘rmadik. Falsafada shunday tushuncha bor, jamiyat qabul qilmagan qaror, bu – noto‘g‘ri qaror. U qaysi maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishidan qat’i nazar. Bugun ertalab bank qo‘mitamiz mazkur qarorni bekor qildi. Bizning eng katta kamchiligimiz – kommunikatsiyani to‘g‘ri tashkil qila olmaganimiz bo‘ldi. Qarorda tijorat banklariga tegishli masalalar bo‘yicha choralar ko‘rilsin, deb yozilgan. Ikkinchi tomondan, bu normativ hujjat emas, chunki bizning bank qo‘mitamiz har hafta payshanba yoki juma kuni to‘planib, banklardagi joriy muammolarni, bizni tashvishga solayotgan, o‘ylantirayotgan masalalarni o‘sha banklar ishtirokida muhokama qilib, boshqa banklarga ham ma’lumot yetkazadi. Bu doimiy bo‘ladigan jarayon.
Asosiy maqsadimiz nima edi? Hozirgi kunda tashqi iqtisodiy aloqalar, banklarning valuta operatsiyalariga bo‘lgan talab, nafaqat bizda, balki butun dunyoda kuchaydi. Komplayens nazorat tizimi hozir hamma joyda talab qilinyapti. Biz ham o‘zimizning tijorat banklarimizdan buni so‘rayapmiz.
Har bir valuta operatsiyasi, u milliy valuta bo‘ladimi, birjadan sotib olingan valuta bo‘ladimi, albatta, ekspert guruhidan ko‘rikdan o‘tishi kerak. Bo‘layotgan valuta operatsiyasining qaysi maqsadga mo‘ljallangani o‘rganilishi kerak. Bu to‘xtatib qo‘yishni nazarda tutmaydi, guruh o‘zining fikrini aytadi. Hozirgi kunda tijorat banklarida valuta operatsiyalari bilan bog‘liq to‘lovlarni amalga oshirishda mijozlarni lozim darajada tekshirish – KYC (o‘z mijozingizni biling) tizimi butun dunyoda bor. O‘sha nuqtai nazardan ekspertlar guruhidan o‘tkaziladi. Bizning ham valuta amaliyotlarini amalga oshirish reglamentlarimizda bu narsa belgilangan”, dedi Mamarizo Nurmurodov.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi
O‘zbekiston | 07:02
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
Mavzuga oid

10:11 / 20.03.2025
DXX 1,2 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi

08:46 / 27.02.2025
Ikki hududda valuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

15:03 / 19.02.2025
Olti hududda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

15:00 / 15.02.2025