Özbekiston Markaziy banki tadbirkorlik sub’yektlarining valuta ayirboşlaşiga doir ayrim çeklovlar yuzasidan izoh berdi. 18 sentabrdan kuçga kirişi közda tutilgan yangi çeklovlar avvalroq jamoatçilik e’tirozlaridan keyin bekor qilingan edi.

MB izohida aytilişiça, Bank nazorati qömitasi 2023 yil 15 sentabr kuni valuta amaliyotlarni ötkazişda şaffoflikni ta’minlaş va qonunçilik talablaridan kelib çiqqan holda mazkur operatsiyalar ustidan monitoringni takomillaştiriş borasida qaror qabul qilgan.

Qayd etilişiça, sönggi kunlarda xorijiy hamkor banklardan Özbekistondagi tijorat banklariga valuta operatsiyalari bilan boğliq tölovlarni amalga oşirişda mijozlarni lozim darajada tekşiriş (KYC – Know Your Customer) talablarini kuçaytiriş hamda boşqa banklarning pul ötkazmalarini amalga oşirişni töxtatiş yuzasidan murojaatlar kelib tuşmoqda.

MB raisi örinbosari Behzod Hamroyev 16 sentabr kungi matbuot anjumanida şu haqda gapirarkan, Özbekiston banki öz mijozini sanksion komplayens talablari doirasida puxta tekşirganiga xorij banklari işonmayotgani, natijada tadbirkorlarning tölovlari “osilib qolib”, xorijdagi hamkorlarining hisobvaraqlariga tuşmayotganini aytdi.

“Şu munosabat bilan hamda valuta operatsiyalari hisobini töğri yuritiş va ular ustidan zarur monitoring tadbirlarini amalga oşiriş maqsadida xöjalik yurituvçi sub’yektlarning çet el valutasini sotib oliş operatsiyalari bilan boğliq valuta amaliyotlarini asosiy hisobvaraq oçilgan banklar orqali ötkazişlari lozimligi belgilangan edi”, – deyiladi regulyator rasmiy axborotida.

Qayd etilişiça, bunday amaliyot hozirda mavjud bölib, kapital harakati bilan boğliq valuta operatsiyalari mijozlarning asosiy hisobvaraqlari orqali amalga oşirilişi belgilangan (2536-son, 2013 yil 17 dekabr).

“Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasida valuta operatsiyalarini amalga oşiriş qoidalarida (3281-son, 2020 yil 31 avgust) belgilangan talablarga köra, xöjalik yurituvçi sub’yektlarga xorijiy valutani sotiş operatsiyalarini banklarda taşkil etilgan tarkibiy bölinmalar (ekspertlik guruhlari) xulosalari asosida amalga oşirilişi ta’kidlandi.