Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehron metrosida ikkita poyezd to‘qnashishi oqibatida ko‘plab odamlar jarohat oldilar
Eron poytaxti Tehron metrosida ikkita poyezd to‘qnashib ketishi oqibatida 48 kishi jarohat oldi. Bu haqda Eron sog‘liqni saqlash vazirligiga iqtibos keltirgan holda Tasnim axborot agentligi xabar bermoqda.
Avariya 6 iyunda mahalliy vaqt bilan soat 18:15da Tehron metrosining ikkinchi yo‘nalishidagi "Tarasht" stansiyasida yuz bergan.
Stantsiya platformasida turgan poyezdga uning ortidan kelayotgan poyezd kelib urilgan.
Jarohatlanganlardan 40 nafari shifoxonaga yetkazilgan, ulardan ba'zilari jiddiy jarohatlar olganlar.
Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
09:16 / 15.07.2026
Metroning yerusti yo‘nalishlarida poyezdlar tezligi pasaytirildi
10:40 / 14.07.2026
Kuchli issiq tufayli ayrim poyezd vagonlarida salqinlik pasayishi mumkin
09:40 / 13.07.2026
Toshkent metrosiga yana 3 ta zamonaviy poyezd qo‘shildi
10:17 / 06.07.2026