Sinoptiklar prognoziga köra, hafta davomida Özbekiston hududida havo harorati yanada kötarilib, kunduzi +41…+44 darajagaça yetişi kutilmoqda.

«Öztemiryölyölovçi» AJning ta’kidlaşiça, bunday yuqori harorat şaroitida vagonlarning metall konstruksiyalari va taşqi qoplamasi kuçli qiziydi. Bu esa sovitiş tizimlarining samaradorligi vaqtinça pasayişiga sabab bölişi mumkin.

Şu bois ayrim yölovçi vagonlarida belgilangan haroratni bir maromda saqlaşda qiyinçiliklar yuzaga kelişi ehtimoli mavjud.

Kompaniya yuqori havo harorati sababli yuzaga kelişi mumkin bölgan vaqtinçalik noqulayliklar uçun yölovçilardan uzr sörab, tuşuniş va sabr-toqat uçun minnatdorlik bildirdi.