Jamiyat | 18:20 / 07.06.2017
14711
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston OTMlarida Harakatlar strategiyasi xonalari ochilmoqda

6 iyun kuni Toshkent Davlat iqtisodiyot hamda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetlarida birinchi Harakatlar strategiyasi xonalari o‘z faoliyatini boshladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasiga yanada kengroq jalb qilishdir. 

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ta'lim muassasalari rahbarlari, markaz vakillari, iqtidorli talabalar va jurnalistlar ishtirok etishdi. 

Axborot xonalarida faoliyat olib boruvchi ko‘ngillilar Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar haqida ma'lumot tarqatish, turli mavzularda so‘rovnomalar o‘tkazish orqali jamoatchilik fikrini o‘rganish, seminar va treninglar tashkil qilish, yoshlarni turli  dasturlardagi ishtirokini kengaytirish va yana boshqa ko‘plab vazifalar bilan shug‘ullanadi. 

“Harakatlar strategiyasi” xonalarining vazifalari:
•  Harakatlar strategiyasiningko‘ngillilar guruhiga iqtidorli talabalarni faol jalb qilish;
•  Muntazam turli seminar, trening va amaliy uchrashuvlar tashkil etish;
• Harakatlar strategiyasi doirasida ta'lim, vatanparvarlik, sport-sog‘lomlashtirish, madaniy-ma'rifiy, ko‘ngilochar, san'at, xayriya, rasmiy va boshqa turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarni o‘tkazish;
•  Ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, shuningdek boshqa dolzarb mavzular yuzasidan asoslangan takliflarni ishlab chiqish;
•  Ta'lim va yoshlarga oid loyihalarni ishlab chiqish;
• Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhlarni tashkil etish: turli loyiha (xalqaro va mahalliy miqyosdagi forum, aksiya, o‘quv-oromgohi, konferensiya)larda ishtirok etish uchun iqtidorli yoshlarni saralash;
• Aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida Harakatlar strategiyasi doirasida doimiy tizimli aksiyalar, xususan:
• O‘z sohasining mutaxassisi bo‘lgan yosh professionallar, sportchilar, talabalar, xalqaro tanlov ishtirokchilari va boshqa iste'dodli yigit-qizlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari va senatorlar ishtirokida taqdirlash;
• Yosh jurnalistlar, blogerlar, fotosuratchilar, tasvirchilar, muharrirlar va Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar bajarilishining borishini yorituvchi OAV hamda jamoatchilik monitoringini amalga oshiruvchi vakillar ishtirokida Media-konferensiyalar o‘tkazish.

Mavzuga oid