Dubay aeroportida pasport o‘rniga smartfon bo‘lsa kifoya
Dubay xalqaro aeroportining 3-terminalidan parvoz qiluvchi amirliklar bundan buyon nazoratdan o‘tayotib, pasport o‘rniga smartfondan foydalanishi mumkin. Bu haqida BAA ommaviy axborot vositalarida ma'lum qilindi.
Yangi texnologiya Smart UAE Wallet mobil ilovasining yana bir xizmat turiga aylandi, BAA rezidentlari o‘z smartfonlariga shu ilovani yuklab olishsa bas. U har bir yo‘lovchi uchun sarflanadigan vaqtni 9-12 soniyaga qisqartirish imkonini beradi. Tez orada mazkur texnologiya aeroportning barcha terminallarida ishga tushiriladi.
Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, ushbu xizmat turi yo‘lovchilar nazoratiga ketadigan vaqtni qisqartirishdan tashqari pasport va boshqa hujjatlardagi ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash imkonini beradi.
Nazorat tizimidagi "aqlli kirish" (Smart Gates)dan o‘tishda yo‘lovchilarga faqatgina smartfon va barmoq izlari skaneri kerak bo‘ladi.
Shu tariqa telefonda ilova yordamida aeroportdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan pasport va boshqa hujjatlar ma'lumotlari saqlanadi.
Kelgusida ilovani shu darajada takomillashtirish rejalashtirilganki, BAA aholisi hech bir davlat muassasasida hujjatlarini ko‘rsatib yurishiga to‘g‘ri kelmaydi - barcha ma'lumotlar ularning telefonlaridagi shtrix-kodda saqlanadi.
Mavzuga oid
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
14:15 / 12.11.2024
BAA o‘zbekistonlik haydovchilarni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda
15:31 / 26.10.2024
Dubayda dunyodagi eng ingichka osmono‘par bino qurilmoqda
12:00 / 23.10.2024