Birlaşgan Arab Amirliklari hukumati bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirişini tartibga soluvçi qarorni qabul qildi, jumladan, 15 yoşga tölgunga qadar ulardan foydalanişni taqiqladi. Reuters naşrining ta’kidlaşiça, BAA bunday çeklovlarni joriy etgan birinçi arab davlatidir.
BAA hukumati matbuot xizmatining xabar berişiça, 15 yoşga tölmagan bolalarga ijtimoiy tarmoq platformalarida şaxsiy akkauntlar yaratiş yoki ulardan foydalaniş, şuningdek, uşbu platformalarning barça funksiyalaridan foydalaniş, jumladan, xabarlar joylaştiriş, şarhlar qoldiriş, ma’lumot almaşiş va ommaviy guruhlarga qöşiliş taqiqlanadi.
Qarorda aytilişiça, 15 yoşdan 16 yoşgaça bölgan bolalarga kontentning yoş tasnifi, özaro ta’sir çeklovlari, tartibga solinadigan foydalaniş vaqti va ota-ona nazoratini hisobga olgan holda platformalarga xavfsiz kiriş imkoniyati ta’minlanişi kerak.
Platformalarga yoşni tekşirişning «aniq va işonçli» mexanizmlarini joriy etiş, şuningdek, talablarga javob bermaydigan akkauntlarni kuzatiş va «zudlik bilan çora köriş» majburiyati yuklandi.
Qoidalar barça platformalarga tatbiq etiladi. Talablarni amalga oşiriş uçun ijtimoiy tarmoqlarga 12 oy vaqt berildi, bu vaqt içida ular tegişli davlat organlari bilan kelişgan holda yangi standartlarni joriy etişlari kerak böladi.
Avvalroq, Avstraliya birinçi marta 2025 yil dekabr oyida 16 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlarga kirişni töliq taqiqladi. Xuddi şunday çoralar hozirda bir qator Yevropa mamlakatlarida, jumladan Fransiya, Ispaniya va Daniyada körib çiqilmoqda. Kanada va Turkiya ham ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni çeklaşni rejalaştirmoqda. 15 iyun kuni Buyuk Britaniya 16 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişga töliq taqiq joriy etilganini e’lon qildi.












