Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya parlament saylovlaridagi davomat chorak asrdagi eng yuqorisi bo‘ldi
Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlari davomati 68,7 foizni tashkil etdi hamda so‘nggi 25 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi, deb yozmoqda Daily Express gazetasi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 32,2 mln britaniyalik ovoz bergan, umuman, Birlashgan qirollikda 46,9 mln fuqaro ovoz berish huquqiga ega. Bundan avval, aholining siyosiy faolligi 1992 yilda kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda 33,6 mln kishi fuqarolik huquqidan foydalangan edi.
Bundan tashqari, saylov natijasiga ko‘ra, Leyboristlar partiyasi 1997 yildan buyon ilk marotaba parlamentdagi holatini yaxshilab oldi va qo‘shimcha deputatlik mandatlariga ega bo‘ldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga binoan, Konservativ partiya hukmron yetakchilikni boy bergan. U yangi parlamentda 650 o‘rinli Umumiy palatada 318 deputatlik kursisiga ega bo‘ladi. Leyboristlarning 261 a'zosi parlament quyi palatasida faoliyat yuritadi. "Liberal demokratlar" partiyasining 12 a'zosi parlamentda ishlay oladi. Shotlandiya milliy partiyasi 35 xalq vakilini Umumiy palataga yuboradi.
Ovozlarni sanash davom etmoqda.
Mavzuga oid
14:37 / 26.02.2026
Ukraina dronlari uchun “ikkinchi kontur”: ishlab chiqarish Britaniyaga kengaydi
12:44 / 26.02.2026
“Transperensi”: RF britan ofshorlari orqali savdo olib bormoqda
22:48 / 25.02.2026
Birinchi Ukraina harbiy zavodi Buyuk Britaniyada ish boshladi - Zalujniy
12:19 / 25.02.2026