Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: «Buzg‘unchi kuchlar axborot texnologiyalaridan yanada kengroq foydalanmoqda»
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi ShHT sammiti yig‘ilishida chiqish qildi. U ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining faoliyati va vakolatlarini kengaytirishni taklif qilgan.
«Bugungi kunda xalqaro terrorchi guruhlar va buzg‘unchi kuchlar o‘z faoliyatida axborot texnologiyalarini yanada kengroq qo‘llamoqda va bu orqali yovuz g‘oyalarini yoyib, yoshlarimiz ongini zaharlamoqda», — degan O‘zbekiston rahbari.
U ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasiga global axborot maydonida yuzaga keladigan tahdidlar monitoringi va ularga qarshi kurashish vakolatlarini berishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlod turli buzg‘unchi g‘oyalar va radikal guruhlarga qo‘shilib ketishi oldini olishning aniq choralarini qo‘llash ahamiyati haqida gapirgan.
«Asosiy e'tiborni ma'rifatga, yoshlarning ma'naviy va axloqiy tarbiyasiga qaratish, ularda bilim va o‘z ustida ishlashga intilishni shakllantirish muhim deb hisoblaymiz», — degan O‘zbekiston prezidenti.
«Islomning haqiqiy qadriyatlari, hamisha ezgulikka, yaxshilik va tinchlikka chorlovchi qadriyatlarini keng tushuntirish va targ‘ib qilish muhimdir.
Yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning zamonaviy ta'lim-tarbiya olishi, komil inson bo‘lib voyaga yetishida davlatlararo hamkorlikning ahamiyati katta.
Samarqand shahrida Islom hamkorlik tashkiloti ko‘magida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilishi millatlararo, madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi», degan davlat rahbari.
Prezident ushbu markaz ishi konfessiyalararo, millatlararo va madaniy muloqotga yordam berishi mumkinligi, markaz ishida ShHT mamlakatlari diniy davralari faol ishtirok etishiga umid bildirilayotgani xususida qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
19:13 / 12.03.2026
«Moliyaviy piramida» uchun jazo choralari og‘irlashtiriladi
09:30 / 11.03.2026
O‘zbekistonda IT-visa olish uchun yangi talablar joriy etildi
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025