Qayd etilişiça, mazkur hujjatga muvofiq, IT-visa oliş huquqiga ega bölgan şaxslar doirasi kengaytirildi.

Jumladan, axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislar, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining ta’sisçilari (iştirokçilari), ularning yakkaboşçilik asosidagi ijro etuvçi organi vazifasini bajaruvçi jismoniy şaxslar yoki kollegial ijro etuvçi organ raisi hamda ularning örinbosarlari IT-visa oliş imkoniyatiga ega böladi.

Şuningdek, raqamli startaplar dasturi iştirokçisi bölgan startap loyihalar ta’sisçilari va mutaxassislari hamda oliy ta’lim taşkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DsC) ilmiy darajasiga ega bölgan xorijlik professor-öqituvçilari ham uşbu viza turidan foydalanişi mumkin.

Yangi tartibga köra, IT-visa beriş uçun qator talablar ham belgilandi. Xususan, xorijiy investor Özbekiston rezidenti bölgan va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik şaxsni kamida 30 ming AQŞ dollari ekvivalenti miqdorida moliyalaştirişi yoki uşbu yuridik şaxs ustav fondidagi uluşi şu miqdordan kam bölmasligi kerak.

Bundan taşqari, Texnopark rezidentining ta’sisçisi bölgan jismoniy şaxsning mazkur yuridik şaxs ustav fondidagi uluşi ham kamida 30 ming AQŞ dollarini taşkil etişi lozim.