Jahon | 11:20 / 09.06.2017
2814
2 daqiqa o‘qiladi

Tereza Mey iste'foga chiqishi mumkin: uning partiyasi saylovda yetarli ovoz to‘play olmadi

Foto: EPA

Buyuk Britaniya konservativ partiyasi 8 iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida mag‘lubiyatga uchradi. 650ta saylov okruglaridan 633tasida ovozlar sanalganidan keyingi natijalar shunday deyishga asos bo‘lmoqda, deb xabar qilmoqda TASS agentligi. 

Bosh vazir Tereza Mey partiyasi ayni vaqtda 308 deputatlik mandatini kafolatlagan. Hozirgacha, 17ta saylov okrugida ovoz berish natijalari e'lon qilinmagan. Biroq, ularning barchasida bosh vazir partiyasi g‘alaba qozongan taqdirda ham ular parlamentda mutlaq ustunlikni va hukumatni mustaqil tarzda shukllantirishga huquq beradigan 326 o‘ringa ega bo‘la olmaydi. 

Bu vaziyat "osilgan parlament" deb ataladi va koalitsiya hukumatini tashkil etish uchun muzokaralar olib borishni talab qiladi. Hukumatni shakllantirishning boshqa bir yo‘l shuki, kamchilik hukumatini tuzishdir. Biroq, u beqaror bo‘lishi ehtimol. Ta'kidlanishicha, bu Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyingi uchinchi va so‘nggi ikki yildagi ikkinchi "osilgan parlament"dir. 

Tahlilchilar, saylov natijalarini bosh vazir uchun fojiali deb atashmoqda. Tereza Mey shu yilning aprel oyida navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazishga qaror qilganida, YeI tarkibidan chiqish bo‘yicha murakkab muzokaralar avvalida partiyasining parlamentdagi o‘rnini mustahkamlashni niyat qilgan edi. Muzokaralar 19 iyunda boshlaniishi kerak. Endilikda, muxolifatdagi leyboristlar hamda konservatorlar partiyasining o‘zida ham bosh vazirning iste'foga chiqishi haqida chaqiriqlar yangramoqda. 

9 iyun kuni yakuniy natijalar e'lon qilinganidan so‘ng, Mey murojaat qilishi kerak. Aynan shundan so‘ng, uning siyosiy taqdiriga oydinlik kiritiladi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid