FT: Uber’ning rahbari lavozimidan chetlatilishi mumkin
Uber asoschilaridan biri va bosh direktori Trevis Kalanik vaqtinchalik lavozimidan chetlatilishi yoki boshqa lavozimga o‘tkazilishi mumkin. Bunday variantni kompaniya direktorlar kengashi ko‘rib chiqmoqda, deb ma'lum qildi vaziyatdan xabardor bo‘lgan ikkita manbaga iqtibos keltirgan holda The Financial Times nashri.
Kalanikning keyingi faoliyati masalasi Uber direktorlar kengashining 11 iyundagi yig‘ilishida ko‘tarilgan. Manbalarning ma'lum qilishicha, shuningdek Kalanikning ikki yaqin tarafdori – uning o‘rinbosari va kompaniyaning eski xodimlaridan biri Emil Maykl va birinchi o‘rinbosari Rayan Greyvs ham o‘z lavozimlaridan mahrum bo‘lishlari mumkin.
Bloomberg axborot agentligi manbalarining ma'lum qilishicha, Kalanik uch oyli ta'til olishi ham mumkin.
Direktorlar kengashi Uber xodimlari ishtirokida mojarolar tez-tez sodir bo‘layotganiga shunday munosabat bildirishmoqda.
2017 yil iyun boshida kompaniyaning 20 dan ko‘proq erkak xodimi ayol hamkasblariga shilqimlik qilish ayblovi bilan bo‘shatilgandi. Ushbu qaror Uber rahbariyati tomondan yollangan Perkins Coie yuridik firmasi tergovidan keyin qabul qilingan. Yuridik firma 215 ta, jumladan shilqimlik qilish va tahqirlash shikoyatlarini o‘rganib chiqqan.
Uber’ning sobiq xodimasi Syuzan Fauler o‘zining blogida u va kompaniyadagi ayollar erkak hamkasblari tomondan muntazam shilqimliklarga uchraganliklarini, rahbariyat esa shilqimlik qilgan xodimlarning malakali va tajribali ekanligini hisobga olib, ularning bu xatti-harakatlariga ko‘z yumib yuborganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
20:27 / 26.08.2024
Uber Niderlandiyada rekord miqdorda - 324 mln dollar jarimaga tortildi
19:18 / 01.08.2024
Uber Xitoyning BYD kompaniyasi bilan hamkorlik boshlashini e’lon qildi
10:07 / 28.06.2024
“Yangi narsani o‘rganishga o‘ch bo‘lish kerak” – oldin Uber, hozir TikTok kompaniyasida ishlayotgan o‘zbek dasturchisi
22:32 / 08.04.2021