Uber endi Hindistonda suv taksisi xizmatini taklif etmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi. Transport vositasi sifatida mahalliy şikara qayiqlari tanlangan. Ular Kaşmir mintaqasidagi Dal köli böylab harakatlanadi.

Xizmat Dal Lake Shi deb ataladi. Qayiqni rejalaştirilgan sayohatdan kamida 12 soat oldin Uber ilovasi orqali band qiliş mumkin. Hozirgi kunda köl böylab 4000 ga yaqin şikara qatnamoqda.

Barça qayiqlar sayyohlarga möljallangan. Uber bu ğoyani zamonaviy texnologiyalar bilan mahalliy an’analarning uyğunlaşuvi sifatida taqdim etmoqda. Safar uçun tölovlar bevosita şikara egalariga borib tuşadi — Uber heç qanday komissiya olmaydi.

Qayiq egalari bu taşabbusga turliça munosabat bildirdi. Ayrimlari Uber bilan hamkorlik qiliş narx-navo ustida tortişuvlar va firibgarlikning oldini olişga yordam berişi mumkinligini aytsa, boşqalari bu heç narsani özgartirmasligini ta’kidlamoqda.

Uber birinçi marta avtomobillarga muqobil variant taklif qilayotgani yöq. 2019 yilda kompaniya vertolyot-taksi xizmatini işga tuşirgandi. 2024 yilning yozida Uber butun Yevropa böylab qayiq va kemalarni band qiliş imkoniyatini taqdim etdi. Bundan taşqari, ba’zi mamlakatlarda xizmat orqali skuterlarni ijaraga oliş va aviaçiptalarni bron qiliş ham mumkin.

Eslatib ötamiz, Amerikaning ixçam samolyotlar işlab çiqaruvçi Joby Aviation kompaniyasi 2025 yil oxirigaça Nyu York va Los Anjyelesda “havo taksisi”ni işga tuşirişni rejalaştiryapti.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, sayohat narxi Uber Black tarifi darajasida böladi – taxminan 100−200 dollar. Keyinçalik bu Uber XL tarifi narxlariga tuşişi mumkin – 50-100 dollar.