22:16 / 12.06.2017
4694

Opel rahbari iste'foga ketdi

Foto: kolesa.ru

Germaniyaning Opel avtomobilsozlik konserni rahbari Karl-Tomas Noyman iste'foga ketdi. Endilikda kompaniyaga 48 yoshli Mixael Losheller rahbarlik qiladi. U 2014 yildan kompaniyaning moliya bo‘yicha direktori lavozimini egallab kelgan. Bu haqda konsern matbuot xizmatida 12 iyunda ma'lum qilindi. 

Noyman Opel konserni Groupe PSA fransuz avtomobilsozlik kompaniyasi tarkibiga o‘tkazilgungacha Opel rahbariyatida qoladi. U bu "murakkab qarorni" qabul qilganini va hozirda bor e'tiborini kompaniyaning boshqa mulkdorga o‘tishiga qaratishini aytgan.     

Mart oyi boshida Groupe PSA kompaniyasi AQShning General Motors kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Opel va Vauxhall britan firmasini xarid qilishini ma'lum qilgandi. Kelishuvning umumiy qiymati 1,3 mlrd yevroni tashkil qilgan.  

Bu xarid Peugeot va Citroën modellarini ishlab chiqaruvchi PSA kompaniyasiga Volkswagen’dan keyin Yevropada yirikligi bo‘yicha 2-raqamli kompaniyaga aylanishiga imkon beradi, uning bozordagi ulushi 17 foizni tashkil qiladi.

General Motors’ning Yevropadagi biznesi 2000 yildan boshlab 14 mlrd yevrolik ziyon keltirgan. 2016 yil ham Opel va Vauxhall uchun ziyon bilan tugagan. Salbiy balans 240 mln yevroni tashkil qilgan. 

Mavzuga oid
Top