11:10 / 12.06.2017
12686

Sardor Rashidov: Jahon chempionatiga yo‘llanma olish uchun borimizni berishimiz kerak

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Sardor Rashidov Eronga qarshi o‘yin oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berdi.

Suhbat davomida iqtidorli futbolchi terma jamoa JCh–2018 turniriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma kiritishi uchun hamma bor kuchini berishi kerakligini aytib o‘tdi.

«O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishi uchun bor kuchimizni ishga solishimiz, borimizni berishimiz kerak. Butun O‘zbekiston bizga ishonib, jamoamizni duo qilib turganini his qilib turamiz. O‘ylaymanki, bularning barchasini his qilgan holda kuchimizni ayamay o‘ynashimiz shart.

O‘zbekiston terma jamoasi hali Jahon chempionatiga chiqmagan. Agar bu vazifani uddalasak, biz va xalqimiz uchun xursandchilik va katta bayram bo‘ladi. Chunki Jahon chempionati bizdan keyin yetishib chiqadigan futbolchilarga ijobiy ta'sir qiladi», – deya Sardor Rashidovning so‘zlarini keltirgan O‘FF matbuot xizmati.

Oldinroq Aleksandr Geynrix FIFA rasmiy saytiga, Server Jyeparov OFK rasmiy saytiga intervyu bergandi.

Mavzuga oid
Top