Qatarda ötayotgan jahon çempionatida V guruhi öyinlari yakunlandi.
Sönggi turda Angliya (7) Uels (1) darvozasiga javobsiz 3ta töp kiritib, 1-örin bilan pley-offga yöl oldi. Inglizlar safida Reşford dublga erişdi, Foden ham öz hisobiga gol yozdirib qöydi.
Ikkinçi yöllanma Eronni (3) minimal hisobda mağlub etgan AQŞga (5) nasib etdi. Pulişiçning goli amerikaliklarni keyingi bosqiçga olib çiqdi.
Şu tariqa 1/8 finalning ikki juftligi ma’lum böldi — 3 noyabr kuni A guruhi ğolibi Niderlandiya V guruhida 2-örinni egallagan AQŞga qarşi bahs yuritsa, 4 noyabrda V guruhi yetakçisi Angliya A guruhida 2-poğonadan joy olgan Senegal bilan öynaydi.
JÇ-2022. V guruhi. 3-tur
Eron — AQŞ 0:1
Gol: Pulişiç (38).
Eron – Beyranvand, Rizoyan, Puraliganji, Husayni, Muhammadi, Golizoda (Ansarifard, 77), Hojisafi (Jaloli, 71), Izzatullohi, Nurullohi (Turobi, 71), Torimiy, Ozmun (Quddus, 46).
AQŞ – Terner, Dest (Mur, 82), Rim, Karter-Vikers, Robinson, Adams, Makkenni (Akosta, 65), Musa, Pulişiç (Aaronson, 46), Vea (Tsimmermann, 82), Sarjyent (Rayt, 77).
Ogohlantirişlar: Adams (43), Husayni (77), Jaloli (90+6).
Uels — Angliya 0:3
Gollar: Reşford (50, 68), Foden (52).
Uels – Uord, Uilyams (Robers, 36), Rodon, Mifem, Devis (Morrell, 59), Robers, Ampadu, Remzi, Allen (Kolvill, 81), Beyl (Jonson, 46), Mur, Jyeyms (Uilson, 77).
Angliya – Pikford, Uoker (Aleksander-Arnold, 57), Maguayr, Stounz, Şou (Tripper, 65), Henderson, Rays (Fillips, 57), Bellingem, Foden, Keyn (Uilson, 57), Reşford (Griliş, 75).
Ogohlantirişlar: Jyeyms (29), Remzi (61).








