O‘zbekiston | 17:50 / 14.06.2017
7232
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Bangladesh prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bangladeshda sodir bo‘lgan toshqinlar oqibatida odamlarning halok bo‘lishi munosabati bilan Bangladesh prezidenti Abdul Hamidga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

«Mamlakatingizning bir qator hududlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi.

Ushbu musibatli damlarda Siz Janobi Oliylariga va do‘st Bangladesh xalqiga chuqur ta'ziya izhor etib, qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik tuyg‘ularimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘raymiz», — deyiladi Shavkat Mirziyoyevning ta'ziyasida.

Bangladesh janubi-sharqida kuchli yog‘ingarchilik va uning ortidan ro‘y bergan ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlan soni 100 nafardan oshgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid