Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inshootlarni issiqlik bilan ta'minlovchi "yashil" texnologiyalarga murojaat qilish vaqti kelmadimikan?
Toshkent shahridagi Solar City Solutions kompaniyasining 4-5 kishidan iborat xonadonga mo‘ljallangan quyoshli kollektorlari 5 millionga baholanadi. Qurilma yil davomida o‘rtacha 325 kun to‘liq issiqlik quvvati bilan ta'minlaydi. Ma'lum bo‘lishicha, u hatto bulutli kunda ham buning uddasidan chiqadi. Kompaniya Kuzatuv kengashining a'zosi Ogay Igor Gerasimovich Xalqaro Press-klubdagi yig‘ilish doirasida bu borada "Kun.uz" nashriga atroflicha ma'lumot berdi.
"Kompaniya o‘z mahsulotini taklif etayotgan narx Xitoydagi narxga tengdir. Biroq siz Xitoyda ishlab chiqarilgan tovarni olayotganingizda uni olib kelish, bojxonadan o‘tkazishingiz kerak bo‘ladi. Hozirda esa Prezidentning qarori mavjud bo‘lib, unga ko‘ra Xitoydan bu tovarni keltirish mumkin emas, chunki u holda siz taxminan 90 dollar miqdorida poshlina to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Nima uchun bunday yo‘l tutildi? Mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini sota olishlari uchun, bozor himoyasini o‘ylab shunday qilindi. Endi esa kollektor shu yerda, o‘zimizda! Uni Xitoydan keltirib, bojxonadan o‘tkazishga hojat yo‘q. Kollektor Xitoyda ham, O‘zbekistonda ham bir xil narxda (markasiga qarab).
Bugungi kunda korxonalarimiz ushbu quyoshli kollektorlarni ishlab chiqarmoqda. Agar keyinchalik u bilan bog‘liq qandaydir muammolar yuzaga kelsa, kompaniyaga qo‘ng‘iroq qilasiz va bir-ikki soat ichida sizga xizmatlar ko‘rsatilib, zarur ehtiyot qismlari yetkazib beriladi.
Aytaylik, siz Xitoydan olib kelingan kollektorni xususiy korxonalardan xarid qildingiz va uni o‘rnatdingiz. Kutilmaganda texnik nosozliklar yuzaga keldi yoki qandaydir sabablarga ko‘ra buzildi. Unga qo‘ng‘iroq qilib esa, "Kechirasiz, biz hozir Xitoyga buyurtma beramiz va bir yoki uch oyda ehtiyot qismlari keltiriladi", degan javobni eshitasiz. Uzoq kutishga to‘g‘ri keladi.
Demak, mahalliy kollektorlarimizning qanday ustunliklari bor? Narx, ishlab chiqaruvchining tezkor reaksiyasi, xizmat ko‘rsatish".
O‘ylab ko‘ring, kollektor uchun bir martagina pul to‘lanadi, ya'ni kollektor xaridi vaqtida, qolgani esa bepul! Iste'molchilar madaniyatiga quyoshli kollektor tushunchasini kiritish vaqti kelmadimikan?! Bir eshitganda qimmatdek tuyuladi, albatta, biroq hisoblab ko‘rilsa, gazga qancha pul to‘laymiz? Vaqti kelganda bundan-da ko‘p! Shu pullarni so‘nggi rusumdagi smartfonlarni xarid qilish uchun ayamaymiz, lekin issiqlik quvvatidan ayaymiz.
Solar City Solutions innovatsion-yuqori texnologik kompaniyasiga 2015 yilda Toshkent shahrida asos solingan. Kompaniya qayta tiklanuvchi energiya manbalari - quyosh energiyasi asosida suvni isituvchi va inshootlarni issiqlik bilan ta'minlovchi quyoshli vakuum kollektorlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda butun dunyoda behisob quyosh energiyasidan foydalanuvchi ekologik toza texnologiya juda mashhur bo‘lib bormoqda.
Mavzuga oid
09:57 / 17.03.2025
Toshkentda isitish mavsumini yakunlash haqidagi qaror «tez orada» qabul qilinadi
17:35 / 02.12.2024
So‘rovnoma: Uyni isitishga necha pul sarflaysiz?
09:14 / 25.06.2024
Toshkentda isitish tarmoqlari gidravlik sinovdan o‘tkazilmoqda
14:55 / 15.01.2024