Yaqin vaqt içida Toşkent hokimligi 2024-2025 yilgi isitiş mavsumini yakunlaş böyiça qaror qabul qiladi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.

Özbekiston Gidrometerologiya xizmati ma’lumotlariga köra, 2025 yilning 8 martdan 14 martgaça bölgan davrda Toşkentda örtaça sutkalik harorat +11,6 (8 martda minimal +9, 14 martda maksimal +13,1) daraja böladi.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi «Köp qavatli uylarda issiqlik ta’minoti xizmati körsatiş tartiblari töğrisida»gi 194-son qaroriga köra, örtaça sutkalik havo harorati ketma-ket beş mobaynida +8 darajada saqlanib tursa, isitiş mavsumi yakunlanadi. Uşbu qarorga asoslanib, Toşkent şahri hokimligi tez orada 2024–2025 yillar uçun isitiş mavsumini yopiş haqida qaror qabul qiladi.

Bildirilişiça, isitiş mavsumi yakunlangaç, keyingi mavsumga tayyorgarlik köriş işlarining muhim bosqiçi boşlanadi. Veolia Energy Tashkent MÇJ XK kompaniyasi yilning sovuq mavsumida issiqlik ta’minoti yanada barqaror va sifatli bölişi uçun issiqlik tarmoqlari, mahalliy qozonxonalar va nasos stansiyalarida joriy hamda kapital ta’mirlaş işlarini olib boradi.

Köp qavatli uylarga xizmat körsatuvçi boşqaruvçi kompaniyalar va UJMŞ mavjud binolarda muhandislik kommunikatsiyalarni keyingi isitiş mavsumiga hozirlaşni boşlaşlari, jumladan, uylardagi isitiş tizimlarini yuviş, joriy va kapital ta’mirlaş işlarini bajarişlari kerak.

"Kvartiralar egalari xonadondagi batareyalar yaxşi holatda bölişiga e’tibor qaratişlari kerak, çunki  keyingi isitiş mavsumidagi qulaylik şunga boğliq böladi. Biz xonadoningiz yilning sovuq davrida issiq va şinam bölişi uçun isitiş radiatorlarini yuvdirişni tavsiya qilamiz", deyiladi xabarda.