2017 yil 2 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toşkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Bundan avvalroq, ya'ni 2017 yil 28 aprel kuni «Toşkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş va samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarori imzolandi va u orqali milliy ta'lim tizimida bir qator inqilobiy özgarişlar qilindi.
Xöş, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan yana qanday özgarişlar kiritildi?
Xushnudbek.uz saytining yozişiça, uşbu qaror bilan ikkita narsa, Toşkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qiliş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi hamda Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş belgilandi.
1-özgariş: Toşkent davlat yuridik universitetiga xorijiy fuqarolarni qabul qilişda boşqa OTMlardan farqli ölaroq, test sinovlaridan voz keçilib, şunçaki suhbat ötkaziladigan böldi. Özgarişga köra, endilikda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi mamlakatlaridan kelgan xorijiy fuqarolar nafaqat TDYuU, balki barça OTMlar bakalavriatiga suhbat natijasida qabul qilinadigan böldi. MDHdan boşqa mamlakat fuqarolari uçun esa OTMlarda test sinovi saqlanib qolgan. TDYuUda barça xorijliklar suhbat asosida qabul qilinadi.
2-özgariş: Xorijiy fuqarolarni qabul qilişda abituriyentlar öz hujjatlarini internet orqali yuborişi yölga qöyildi. Faqat abituriyentlardan suhbatga kelganda özlari bilan hujjatlarning originallarini olib keliş va tasdiqlaş talab etiladi xolos.
3-özgariş: Bir semestrda nazariy bilimlarni egallaşga ajratilgan 18 haftalik öquv jarayonlari 14 haftaga qisqartirildi. Ortib qolgan 4 haftalik muddat talabalarning mustaqil izlanişlari va nazorat işlari uçun ajratiladi. Şuningdek, auditoriya darslari hajmining haftalik maksimumi 36 soatdan 30 soatga qisqartirildi. Bu TDYuUda haftasiga 5 kun öqiş böladi degani.
4-özgariş: TDYuU davlat ta'lim standartlarida belgilangan öquv bloklariga özgartiriş kiritiş huquqiga ega böldi.
5-özgariş: TDYuUda Özbekistondagi OTMlar orasida birinçi bölib, öqitişning kredit tizimiga ötiladi. Kredit tizimi talabalar öquv yuklamalari hajmini aniqlaşning şartli belgisi bölib, xorijiy ta'lim muassasalarida eng keng tarqalgan tizim hisoblanadi.












