«Özbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra, quyidagilar yuridik ta’lim va ilm-fan rivojlanişida erişiladigan asosiy vazifalar etib belgilandi, jumladan:

- yuridik ta’lim samaradorligi va sifati ustidan nazoratni kuçaytiriş;

- Toşkent davlat yuridik universitetining (Universitet) 2030 yilgaça nufuzli Quacquarelli Symonds reytingida huquq sohasi böyiça yuqori 1 mingtalik universitetlar röyxatiga kirişini ta’minlaş.

2026/2027 öquv yilidan Universitetda tajriba tariqasida amaliy öqitiş hamda klinik va dual ta’lim tamoyili asosida ta’lim oliş tizimi joriy etiladi.

Bunda 2-, 3- va 4-kurs talabalari uçun yuridik ta’lim dasturlarining 50 foizi auditoriyalarda, 50 foizi sud, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va boşqa yuridik sohaga oid taşkilotlarda ötkaziladi.

2027/2028 öquv yilidan «Yurisprudensiya» yönalişi mavjud boşqa davlat oliy ta’lim taşkilotlarida Universitet tajribasi natijalaridan kelib çiqib, amaliy öqitiş hamda klinik va dual ta’lim tamoyili asosida ta’lim oliş tizimi yölga qöyiladi.