O‘z futbolchisiga bosh bilan zarba bergan ispaniyalik murabbiy ishdan ketdi
Segunda ishtirokchisi bo‘lmish «Ueska» klubi bosh murabbiyi, o‘z futbolchilaridan biriga o‘yin vaqtida bosh bilan zarba bergan Xuan Antonio Ankela klubni tark etdi. Bu haqda «Ueski» matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Ushbu murabbiy Primeraga o‘tish o‘yinlari doirasida «Xetafe»ga qarshi kechgan o‘yin (0:3) vaqtida, 55-daqiqada futbolchilardan birini zaxiraga olgan, futbolchi esa bundan qattiq norozi bo‘lgandi. Natijada murabbiy uning oldiga borib, unga bosh bilan zarba bergan, klub xodimlarining aralashuvi mushtlashuvning oldini olgandi.
Katalon klubi saytida aytilishicha, Xuan Antonio Ankela keyingi mavsumda u klubda ishlamaydi. U shartnomani uzaytirishni istamagan. 21 iyun kuni klub rahbariyati matbuot anjumani o‘tkazadi va iste'fo haqida rasman e'lon qiladi.
Mavzuga oid
03:08 / 16.03.2021
La Liga. «Barselona» autsayderni yirik hisobda mag‘lub etib 2-o‘ringa qaytdi, Messida dubl
02:53 / 04.01.2021
La Liga. «Barselona» de Yongning goli evaziga autsayderni mag‘lub etib, 5-o‘ringa ko‘tarildi
09:44 / 02.02.2019
Kuchli beshlikning uchta chempionatida navbatdagi tur yirik hisoblar bilan boshlandi
00:27 / 03.09.2018