Sport | 03:08 / 16.03.2021
11823
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. «Barselona» autsayderni yirik hisobda mag‘lub etib 2-o‘ringa qaytdi, Messida dubl

Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda «Barselona» o‘z uyida «Ueska» ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Messi (2ta) va Grizmanning supergollari, Mingesaning debyut to‘pi kataloniyaliklarga 3 ochko taqdim etdi. Yagona javob goli Rafa Mir hisobiga yozildi. 

«Barsa» ochkolarini 59taga yetkazib, 2-o‘ringa qaytdi va peshqadam «Atletiko» (63) bilan o‘rtadagi farqni 4 ochkogacha qisqartirdi. «Ueska» 20 ochko bilan so‘nggi pog‘onada qoldi. 

La Liga, 27-tur

Barselona — Ueska 4:1
15 mart, «Kamp Nou»
Gollar: Messi (13, 90), Grizmann (35), Mingesa (53) — Mir (45+4, penalti).
Barselona – ter Stegen, Alba, Mingesa, Langle, Dest (Moriba, 69), Buskets, de Yong (Arauxo, 63), Pedri (Puch, 85), Dembele (Breytueyt, 85), Messi, Grizmann (Trinkau, 69). 
Ueska – Alvaro Fernandes, Galan, Insua (Vavro, 78), Siovas, Maffeo (Pedro Lopes, 78), Dumbiya (Seoane, 60), Mikel Riko, Ferreyro (Ontiveros, 78), Pulido, Rafa Mir, Dani Eskriche (Serxio Gomes, 60).b

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid