Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yagona ijtimoiy to‘lovni o‘z vaqtida to‘lamagan san'atkorlar litsenziyasidan mahrum qilinadi
Kun.uz saytida shou biznes olami vakillarining soliqdan ozodligi haqida shov-shuvli chiqishlar qilinganidan xabaringiz bor. Daromadidan soliq to‘lamaydigan san'atkorlar baribir pensiya yoshiga yetgach, davlatdan pensiya oladi. Shu sababli, ular qonunchilikka ko‘ra oyiga 1 minimal ish haqi miqdorida yagona ijtimoiy to‘lovni amalga oshirib borishlari lozim bo‘ladi.
Kun.uz bilan suhbatda «O‘zbekkonsert» konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov ushbu masalaga ham to‘xtalib o‘tdi:
— Xonandalar toifasiga qarab litsenziya uchun to‘lov qilib, uni qo‘lga kiritib, konsert va to‘y-tomoshalarda ko‘rsatgan faoliyatidan daromad solig‘i to‘lashmaydi. Bu Soliq kodeksida belgilab qo‘yilgan.
Biroq, litsenziya olgan kishi xususiy tadbirkor hisoblanadi va oyiga 1 marta yagona ijtimoiy sug‘urta to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirib turishi kerak. Bu 1 minimal ish haqi — 150 ming so‘mga yaqin summani tashkil etadi.
Ayrim san'atkorlarimiz ushbu to‘lovni o‘z vaqtida to‘lashmayotgani aniqlandi. Ayrimlarining davlat oldidagi qarzi 3 million so‘mgacha yetadi. Respublika bo‘yicha 3 mingdan ziyod san'atkorga litsenziya berilgani inobatga olinsa, umumiy qarz 600 million so‘mdan ham oshgani aniqlandi.
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi to‘lovni o‘z vaqtida oshirmagan xonandalarga 1 iyulgacha muddat belgilab berdi. Ushbu muddatgacha yagona ijtimoiy to‘lovdan qarzdorlik to‘liq hajmda to‘lab bermagan san'atkorlarning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatiladi.
Mavzuga oid
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:13 / 30.05.2026
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
17:45 / 01.05.2026
Barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalanadi
11:13 / 17.11.2025