22:44 / 25.06.2017
28334

Konfederatsiyalar Kubogi–2017. Yarim final juftliklari ma'lum

Bugun Rossiyada o‘tayotgan Konfederatsiyalar kubogi «B» guruhida so‘nggi tur o‘yinlarini o‘tkazildi.

Germaniya termasi Kamerunni mag‘lub etib, 7 ochko jamg‘ardi va guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Chili – Avstraliya o‘yinida 1:1 hisobi qayd etildi va g‘olib aniqlanmadi. Bu natija janubiy amerikaliklarga ikkinchi o‘rinni taqdim qildi.

Konfederatsiyalar Kubogi–2017. «B» guruhi. 3-tur

GeRMANIYa – KAMeRUN 3:1 (0:0)

25 iyun, Sochi, «Fisht» stadioni

Gollar: 1:0 – Demirbay (48), 2:0 – Verner (66), 2:1 – Abubakar (78), 3:1 – Verner (81).

Germaniya: ter Shtegen, Plattenxardt, Zyule, Ryudiger, Ginter, Jan, Kimmix, Demirbay (Brandt, 78), Rudi (Henrixs, 74), Draksler (Yunes, 80), Verner.

Kamerun: Ondoa, Ngade-Ngajui, Fe, Mabuka, Teyku, Sutchin-Jum (Ngamale, 58), Zambo-Angissa, Bassogog (Toko-Ekambi, 82), Mukanjo (Gioata, 70), Abubakar, Siani.

Chetlatish: Mabuka (64).

 

ChILI – AVSTRALIYa 1:1 (0:1)

25 iyun, Moskva, «Otkritiye Arena» stadioni

Gollar: 0:1 – Troysi (42), 1:1 – Rodriges (67).

Chili: Bravo, Xara, Dias, Mena, Vidal, Fuensalida (Rodriges, 46), Vargas (Dias, 82), Arangis (Ernandes, 46), Sanches, Silva, Isla.

Avstraliya: Rayan, Makgouen, Seynsberi (Rayt, 72), Bexich, Milligan, Luongo, Irvayn, Troysi, Keyhill (Lekki, 57), Kruz, Yurich (Maklaren, 62).

Ogohlantirishlar: Luongo (21), Troysi (31), Keyhill (33), Bexich (45), Vidal (57), Ernandes (75).

«A» guruhidan Portugaliya va Meksika terma jamoalari yarim finalga yo‘l olganidan xabaringiz bor. Endi yarimfinal juftliklari qo‘yidagicha shakllandi:

Konfederatsiyalar kubogi–2017. 1/2 finallar

28 iyun, 23:00

PORTUGALIYa – ChILI

29 iyun, 23:00

GeRMANIYa - MeKSIKA

Mavzuga oid
Top