Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Useyn Bolt 2020 yilgi Olimpiadada ishtirok etishi mumkin
8 karra Olimpiya chempioni, yamaykalik sprinter Useyn Bolt Tokioda o‘tadigan 2020 yilgi Olimpiadada ishtirok etishi mumkin. Bu haqda uning o‘zi Ostravdagi matbuot-anjumanida ma'lum qildi.
Bolt 2016 yilgi Riodagi Olimpiada u uchun oxirgisi bo‘lishini aytib kelayotgandi. 30 yoshli sportchi professional faoliyatini Londonda 5-13 avgustda o‘tadigan 2017 yilgi jahon chempionatidan keyin yakunlashni rejalashtirayotgandi.
"2020 yilgi Olimpiadada ishtirok eta olaman, deb aniq ayta olmayman. Uzoq vaqtga oldindan biror narsa aytishni yoqtirmayman. Agar o‘zimda kuch topa olsam, albatta ishtirok etaman, biroq bir narsani aniq aytishim mumkinki, meni u yerda murabbiy sifatida aniq ko‘rmaysiz", deb aytgan Bolt.
Bolt 100 va 200 metrga yugurish bo‘yicha qatorasiga uchta Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan yagona sportchi hisoblanadi. Uning hisobida 100 (9,58 soniya) va 200 metrga (19,19 soniya) yugurish bo‘yicha jahon rekordlari bor.
Mavzuga oid
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026
Norvegiya qishki Olimpiada o‘yinlarida medal olish bo‘yicha rekord natijaga erishdi
21:31 / 20.02.2026