Sport | 08:45 / 27.06.2017
19894
2 daqiqa o‘qiladi

Ba'zi terma jamoalar jahon chempionati vaqtida Moskvada joylashishdan bosh tortmoqda

Foto: rusfootball.info

Futbol bo‘yicha bir nechta terma jamoalar, jumladan Angliya va Germaniya terma jamoalari 2018 yilgi jahon chempionati o‘tkazilishi vaqtida o‘zi joylashadigan joy sifatida Moskvani tanlashni istamayaptilar. Bu haqda ESPN xabar bermoqda. 

Ushbu terma jamoalar Moskvadagi yo‘l bilan bog‘liq vaziyatdan ko‘ngillari to‘lmagan. Inglizlar bosh murabbiyi Garet Sautgeyt va uning yordamchisi Stiv Xolland Rossiyaga Konfederatsiyalar kubogi vaqtida tashrif buyurishdi. Mutaxassislar kuzatgan tirbandliklar ularni jamoani Moskvada joylashtirishdan bosh tortishga undadi.

Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etayotgan Germaniya terma jamoasi rahbariyatida esa Rossiyaning Qora dengiz bo‘yida jamoalarni tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlar yaxshi taassurot qoldirdi. Bundestim aynan o‘sha yerda o‘ziga baza tanlamoqchi.    

Konfederatsiyalar kubogi 17 iyundan 2 iyulgacha jahon chempionati o‘yinlarini qabul qiluvchi Rossiyaning 4 ta shahari: Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon va Sochida bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning yarim finaliga Portugaliya, Chili, Germaniya va Meksika chiqdi. Portugaliya va Chili o‘rtasidagi uchrashuv 28 iyunda, Germaniya va Meksika o‘rtasidagi uchrashuv esa 29 iyunda bo‘lib o‘tadi.

2018 yilgi jahon chempionati Rossiyaning 11 ta shahridagi 12 ta stadionda 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuligacha bo‘lib o‘tadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid