
Özbekistonlik 4 nafar futbol muxlisi Rossiyada ötayotgan jahon çempionati-2018 öyinlarini tomoşa qiliş uçun Saptiva rusumli avtomaşinada yölga çiqdi.
“Siz Özbekistonni qançalik yaxşi bilasiz?” şiori ostidagi uşbu avtosayohat iştirokçilari orasida futbol muxlislariga yaxşi taniş bölgan Abdurahmon Fozilov, Şavkat Imomov, Baxtiyor Röziyev hamda Jahongir Sotvoldiyevlar bor.

Ular Toşkent - Çimkent - Boyqönğir - Aqtöbe - Samara - Qozon - Moskva - Nijniy Novgorod yönalişida harakatlanib, Sankt-Peterburg şahriga boradi. Avtosayohat 23 iyundan 15 iyulga qadar davom etişi rejalaştirilgan.

- Futbol işqibozlariga jahon çempionatining eng qaynoq jarayonlari, voqealarini yetkazib boriş hamda turli davlatlardan Rossiyaga taşrif buyurgan sayohatçilarga Özbekiston haqida köproq ma'lumot beriş maqsadida yölga çiqdik, - deydi guruh rahbari Abdurahmon Fozilov.

Şuningdek, jahon çempionatida muxlis sifatida qatnaşayotgan mehmonlar örtasida “Siz Özbekistonni qançalik yaxşi bilasiz?” şiori ostida turli loyihalar, Özbekistonning turistik salohiyatini aks ettiruvçi esdalik sovğalari tarqatiş böyiça aksiyalar ötkaziladi.

Ta'kidlab ötiş joizki, futbol muxlislarining sayohatiga Özbekiston Futbol assotsiatsiyasi, Özbekturizm davlat qömitasi, Kun.uz sayti va superliga titul homiysi Pepsi kompaniyasi homiylik qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq misrlik muxlisi velosiped va germaniyalik muxlis öz traktorida Rossiyadagi futbol uçraşuvlarini tomoşa qiliş uçun kelganligi xabar berilgan edi.

















