Light | 12:49 / 27.06.2017
11186
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar: hattoki o‘chirib qo‘yilgan smartfon ham kishilarning aqliy salohiyatiga zarar yetkazadi

Foto: Flickr

Inson yonida hattoki o‘chirib qo‘yilgan smartfon bo‘lsa ham, aqliy vazifalarni yomon bajaradi. Olimlar bunday xulosaga kishilarni o‘zlari yaxshi ko‘rgan gadjyetlar yonida masalalarni yechirib ko‘rib kelishgan. Tadqiqot natijalari Journal of the Association for Consumer Research jurnalida e'lon qilindi.

Tajribalarda kompyuterlar monitori oldida o‘tirgan ishtirokchilardan diqqatni bir joyga to‘plash talab etiluvchi vazifalarni bajarish so‘raldi. Barcha qatnashchilardan o‘z gajyetlarini shovqinsiz rejimga qo‘yish va ularni yoki stolga ekranini pastga qaratib, yoxud sumka va cho‘ntakka solib qo‘yish yoki boshqa xonaga olib chiqib qo‘yish talab qilindi. Natijalarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, telefonini boshqa xonaga olib kirib qo‘yganlar, vazifani yaxshiroq uddalashgan bo‘lsa, gajyetlarni stolning ustiga qo‘yib qo‘yganlar, uni cho‘ntak yoki sumkada saqlaganlardan biroz yaxshiroq natija ko‘rsatishdi.

«Sizning ongingiz smartfon haqida o‘ylamaydi, biroq, aniq bir narsa haqida o‘ylashni talab etuvchi bu jarayon, sizning aqliy resurslaringiz bir qismini tortib oladi», - deya aniqlik kiritdi tadqiqot muallifi Edrian Uord.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid