Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
Yangi farmonning maqsadi «Tolibon» vakillari va amaldorlar tomonidan internetdan noto‘g‘ri foydalanish va «axloqqa zid kontentni» ko‘rishning oldini olish ekani ta’kidlanmoqda.
Afg‘onistonning «Tolibon» harakati rahbari Haybatulla Oxundzoda guruh vakillari va davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Qoidabuzarlar harbiy sud oldida javob beradi, deb yozdi Afghanistan International nashri tegishli hujjatga tayanib.
«Tolibon» va hukumat vakillari bir-biri bilan bog‘lanish uchun faqat «oddiy telefon»dan foydalanishi kerak. Smartfon ishlatish jinoyatga tenglashtiriladi, qoidabuzarlarga harbiy sud tomonidan ish qo‘zg‘atiladi. Biroq, taqiqni buzganlarga qanday jazo berilishi noma’lum.
Ta’kidlanishicha, yangi farmonning maqsadi «Tolibon» vakillari va amaldorlar tomonidan internetdan noto‘g‘ri foydalanish va «axloqqa zid kontentni» ko‘rishning oldini olishdir.
Oxundzoda 2025 yildayoq afg‘onlarni zamonaviy gadjetlardan foydalanish vaqtini kamaytirishga chaqirgan edi. Mamlakat hukumati oliy ta’lim vaziri Nido Muhammad Nadim esa smartfonlarni «musulmonlarning asosiy dushmanlaridan biri» deb atadi. O‘tgan yilning oktabr oyida amaldor zamonaviy aloqa qurilmalarini universitetga olib kelish mumkin emasligini, faqat oliy o‘quv yurtlari rektorlari va o‘quv markazlari rahbarlari uchun istisno qilish mumkinligini aytgan edi.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
18:25 / 25.05.2026