Jamiyat | 07:58 / 29.06.2017
4465
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiya yaqinida 6 magnitudali zilzila yuz berdi

Tinch okeanida, Yangi Zelandiyaning Oklend shahridan shimoli-sharqiy tomon 1023 km uzoqlikda 6 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda 29 iyun kuni Rossiya Yagona geofizika xizmatining Oltoy-Sayan filiali ma'lum qildi.  

Ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 28 iyun soat 23:30da qayd qilingan zilzilaning markazi Kermadek orollari tarkibiga kiruvchi Makoli orolidan sharqqa tomon 101 km uzoqlikda bo‘lgan. 

Zilzila markazidagi silkinishlar jadalligi bo‘yicha "vayronkor" sifatida baholangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid