Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 20:09 / 29.06.2017
14407
1 daqiqa o‘qiladi
«Real» muxlislari Beyl va Mbappedan birini tanlashdi
Ispaniyadagi AS gazetasi «Real» klubi muxlislari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnomada ishtirok etganlar «Garet Beylning o‘rniga «Monako»dan Kilian Mbappeni xarid qilish kerakmi?» degan savolga javob berishi lozim edi.
So‘rovnoma natijasiga ko‘ra, muxlislarning 75 foizi Beyl jamoaga kerak emasligi, uning o‘rniga Mbappeni xarid qilish kerakligini bildirishgan.
Bundan avvalroq, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres Mbappe tufayli Ronaldu, Benzema yoki Beyldan voz kechmasligini aytgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish