Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qancha xonadon gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilgani ma'lum bo‘ldi
Toshkent shahrida 67 mingga yaqin xonadon gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilgan. Bu haqda shahar prokurori Sherzod Obloqulov “Toshkent” telekanalidagi “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Toshkent shahrida kommunal to‘lovdan qarzdorlikni 2 mlrd. so‘mga qadar kamaytirishga erishilgan, biroq hali qarzdorlik juda ko‘p.
“67 mingga yaqin xonadonlar tarmoqdan uzib qo‘yildi. 17 mingdan ortiq ishlar sudga oshirildi. Lekin shunday holatlar bo‘layaptiki, tarmoqdan uzib qo‘yilgan xonadon egalari qaytadan ulanib olish holatlari juda ko‘plab uchramoqda. Bundan holatlar bo‘yicha 830 dan ortiq fuqarolarni Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 101-moddasiga asosan sudga berdik”, - degan shahar prokurori.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
19:41 / 04.07.2026