Ma’lum qilinişiça, forum Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Ta’lim, fan va madaniyat masalalari böyiça Islom taşkiloti (ICESCO) hamkorligida taşkil etilmoqda.

Tadbir islom olami vakillari örtasida muloqot va hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladigan xalqaro maydon sifatida ötkaziladi. Unda turli davlatlardan yetakçi olimlar, ma’naviy peşvolar, xalqaro taşkilotlar rahbarlari, universitetlar, muzeylar, kutubxonalar va gumanitar muassasalar vakillari qatnaşadi.

Forumning asosiy mavzulari islom sivilizatsiyasining jahon ilm-fani, ta’lim, madaniyat, falsafa, san’at va ma’naviy meros rivojiga qöşgan hissasi, şuningdek, sivilizatsiyalararo muloqot va özaro anglaşuvni mustahkamlaş masalalaridan iborat böladi.

Dastur doirasida yalpi majlislar, xalqaro ilmiy konferensiyalar, dunyoning yetakçi olimlari va din arboblari bilan uçraşuvlar, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga taşriflar rejalaştirilgan.

Şuningdek, forum doirasida islom san’ati, xattotlik va qölyozma merosiga bağişlangan körgazmalar, ommaviy axborot vositalari vakillari uçun matbuot brifinglari ham ötkaziladi.

Ta’kidlanişiça, mazkur forum Özbekistonda islom madaniy va ilmiy merosini asrab-avaylaş va uni keng tarğib etişga qaratilgan işlar doirasida taşkil etilmoqda. 2026 yil mart oyida Toşkent şahrida islom dunyosining eng yirik humanitar va ma’rifiy loyihalaridan biri bölgan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati boşlangan edi.