Sport | 23:11 / 30.06.2017
7021
1 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya» ilk marta janubiy koreyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

«Bavariya» o‘z tarixida ilk marta janubiy koreyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, bu futbolchi 17 yoshli  «Inchxon Yunayted» tarbiyalanuvchisi Yong Vu Chon bo‘ldi. Yong bilan 2022 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolandi. Yangi futbolchi 2018 yilning 1 yanvarida «Bavariya» safiga kelib qo‘shiladi.

Yong Vu Chon hujumkor futbolchi sanaladi. Janubiy koreyalik futbolchi «Bavariya»da dastlab 19 yoshgacha bo‘lgan tarkibda to‘p suradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid