Qo‘shimcha kontraktning aniq miqdorlari haqida ma'lum qilindi: eng qimmat to‘lov 25 baravar

2017 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 393-sonli qarori qabul qilingani va unda qo‘shimcha kontraktlarning oshirilgan miqdori tasdiqlangani haqida ma'lumot berilgan edi.
Yurist-bloger Xushnud Xudayberdiyev o‘z saytida ma'lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi mazkur qarorning ijrosini ta'minlash maqsadida to‘lov-kontrakt asosida belgilangan kvotadan tashqari oliy ta'lim muassasalariga qo‘shimcha ravishda qabul qilish bo‘yicha tartib ishlab chiqilgan.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun quyidagicha miqdor belgilangan edi:
1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – 1,5 barobar;
1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,0 barobar;
2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,5 barobar;
3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun – 3,0 barobar.
Davlat komissiyasining tartibiga muvofiq, barcha ta'lim sohasi va ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha 4 balldan ortiq ball yetmagan, eng yuqori ballning 30 foiz (68,0 ball)dan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.
Oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlariga nazar tashlasak, eng qimmat to‘lov huquq yo‘nalishida ekanligini ko‘rish mumkin. Unga ko‘ra, yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha-kontraktda o‘qish istagini bildirganlar 1-o‘quv yili uchun 25 baravar miqdorida kontrakt to‘lashi lozim bo‘ladi. Bu bugungi kunda 246 mln. 250 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46
-
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
Jahon | 21:25
-
Hannover banki Germaniya sobiq kansleri Shryoderning hisobraqamini bloklagan - Bild
Jahon | 21:10
-
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
Jahon | 20:17