2017 yil 20 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta'lim muassasalariga qabul qiliş, talabalar öqişini köçiriş, qayta tiklaş va öqişdan çetlaştiriş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida»gi 393-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorda bakalavriat va magistratura bosqiçiga talabalarni qabul qilişning yangi tartiblari belgilangan.

Şuningdek, qarorda abituriyentlarni tölov-kontrakt böyiça belgilangan kvotadan taşqari qöşimça ravişda öqişga qabul qilinişining tartibiga oydinlik kiritildi va unga köra köpçilik abituriyentlarni qiziqtirib kelayotgan savollarga javob oliş mumkin.

«Xushnudbek.uz» saytida abituriyentlar uçun mazkur tartibning eng asosiy jihatlari haqida ma'lumot berilgan.

Qöşimça kontrakt natijalari qaçon aniq böladi?

Qöşimça qabulni amalga oşiriş takliflari oliy ta'lim muassasalari tomonidan böysunuvi böyiça vazirlik va idoralar bilan kelişilgan holda 15 oktabrga kadar Davlat komissiyasiga kiritiladi;

Davlat komissiyasi oliy ta'lim muassasalarining imkoniyati, tanlov va töplangan ballar miqdoridan kelib çiqib, oşirilgan tölov-kontrakt şarti bilan abituriyentlarni köşimça qabul qiliş körsatkiçlari yuzasidan 20 oktabrga qadar qaror qabul qiladi.

Qöşimça kontraktda öqişni xohlaganlar qaçon ariza berişi kerak?

Yetarli ball töplay olmagan abituriyentlar qöşimça kontraktda öqiş uçun test natijalari e'lon qilingandan boşlab 1 oy içida ariza berişi kerak. Ballar ketma ketligi böyiça röyxatdagi oldingi abituriyent qöşimça tölov-kontrakt asosida öqişni arizasi bilan rad etgan holda yoki test sinovi natijalari e'lon qilingan kunidan boşlab bir oy muddatda ariza bermaganda röyxatdagi keyingi abituriyent qöşimça tölov-kontrakt asosida öqişga tavsiya etiladi.

Kiriş baliga neça ball yetmagan abituriyentlar qöşimça kontraktda öqiy oladi?

Qöşimça qabulga abituriyentlar 2 xil kategoriya böyiça qabul qilinadi:

  1. Töplagan bali qabul çegaralariga 4 ballgaça yetmagan abituriyentlar;
  2. 68 balldan köp töplagan barça abituriyentlar.