O‘zbekiston | 22:52 / 01.07.2017
39381
1 daqiqa o‘qiladi

Tohirjon Jalilov Oziq-ovqat xolding kompaniyasiga rais bo‘ldi

Tohirjon Abdunabiyevich Jalilov «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi boshqaruvchi raisi lavozimiga tayinlangan. Bu haqda xolding kompaniyaning rasmiy sayti «Rahbariyat» bo‘limida ma'lumot e'lon qilingan.

Tohirjon Jalilov 2010 yildan 2016 yilning bahorigacha «O‘zavtosanoat» AKning rais o‘rinbosari, bir vaqning o‘zida GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi rahbari lavozimida ishlagan, so‘ngra ishdan bo‘shatilgan edi. Keyingi bir yil davomida uning faoliyati bilan bog‘liq juda ko‘p xabarlar matbuotda e'lon qilingan edi. 2017 yilning fevralida «O‘zavtosanoat» AK matbuot xizmati uning lavozimiga tiklangan haqidagi xabarlarni tasdiqlagan ham edi.

1969 yilda tug‘ilgan va Toshkent texnika universitetini tamomlagan Tohirjon Jalilov O‘zbekiston avtosanoati sohasida 1998 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Mavzuga oid