Sport | 14:26 / 02.07.2017
6614
2 daqiqa o‘qiladi

Karlo Anchelotti: «Sanches ajoyib futbolchi, ammo dunyoda tanho emas»

«Bavariya» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Arsenal» hujumchisi Aleksis Sanchesga bo‘lgan qiziqish borasida savolga javob qaytardi.

«Agar bizda bunga imkoniyat tug‘ilsa, klub har doim tayyor. Shundoq ham bu borada juda ko‘plab mish-mishlar tarqatildi.

Menga Aleksisning o‘yini yoqadi. U ajoyib futbolchi, ammo u dunyodagi tanho futbolchi emas.

O‘ylashimcha, hozirgi vaqtga kelib transfer bozori biroz aqldan ozdi. Ammo «Bavariya» – aqldan ozgan jamoa emas.

Jamoaning an'analari va madaniyatini yaxshi bilaman va birorta futbolchiga «Bavariya» to‘lashi mumkin bo‘lgan aqlbovar qilmas pul uchun jamoaga o‘tishi so‘ramayman. Lekin imkoniyat bo‘lsa, nega undan foydalanmasligimiz kerak?

Hozir ixtiyorimda bo‘lgan jamoamdan to‘liq qoniqish hosil qilib turibman. Biz to‘rt nafar ajoyib futbolchilar bilan shartnoma imzoladik», – yegan Anchelotti.

Eslatib o‘tamiz, Myunxen klubi mavsum oralig‘ida «Hoffenhaym»dan yarimhimoyachi Sebastyan Rudi (bepul)  va Niklas Zyule (25 million yevro), «Verder» vingeri Serj Gnabri (8 million yevro) va «Lion» yarimhimoyachisi Korenten Tolisso (41,5 million yevro) bilan shartnoma imzolashga ulgurdi.

Mavzuga oid