Karlo Ançelotti Madridning «Real» klubi boş murabbiyi lavozimini tark etadi. Tegişli bayonot klub rasmiy saytida e’lon qilindi.
Italiyalik mutaxassis «Real» boş murabbiyi sifatidagi sönggi öyinni 24 may kuni Ispaniya çempionati oxirgi turi doirasida «Real Sosedad»ga qarşi Madridda ötkazadi.
«Karlo Ançelotti «Real» abadiy tarixining bir qismi bölib qoladi. Biz unga ajoyib yutuqlari va klub qadriyatlarining benuqson timsoli uçun minnatdorçilik bildiramiz», dedi klub prezidenti Florentino Peres.
65 yoşli Ançelotti 2021 yildan buyon «Real»ni boşqarmoqda, bungaça klubda 2013 yildan 2015 yilgaça işlagan. Uning rahbarligida jamoa uç marta Çempionlar Ligasi, ikki marta Ispaniya çempioni bölgan, şuningdek, boşqa köplab sovrinlarni qölga kiritgan, jumladan, klublar örtasidagi jahon çempionati va UYeFA Superkubogini. U 15 ta sovrin bilan «Real» tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy hisoblanadi.
Avvalroq, Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) Ançelotti milliy jamoaga boş murabbiy etib tayinlanganini e’lon qilgan edi.
Oldinroq, ommaviy axborot vositalari ispaniyalik Xabi Alonso «Real»ning yangi boş murabbiyi bölişi haqida yozgan edi.

















