20:49 / 03.07.2017
14428

Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining 25 yoshli yangi o‘rinbosari kelajak rejalari bilan bo‘lishdi

Foto: kun.uz

3 iyul kuni Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda o‘zbek tilida so‘zlashadigan robot ixtirochisi, 25 yoshli Olim To‘ychiyev o‘zining kelajak bilan bog‘liq ba'zi takliflarini  kiritdi. 

1. Ta'limdan keyingi ta'lim jarayoni bor - doktorantura. Doktoranturadagi kvotalar soni o‘rganilagan holda vazirliklar bilan emas, ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda ulardagi muammolarni o‘rganish uchun doktorantlarni jalb qilish.

2. Viloyatlar, shaharlar, tumanlar, ishlab chiqaruvchi korxonalar kesimida yosh olimlar hamda startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi bo‘limlar ochib turib, yosh olimlar bilan ishlash. Yosh olimlar deganda faqat bakalavr yo magistraturani tugallagan yoshlargina emas, balki kelajakda o‘zini ilm-fanga bag‘ishlamoqchi bo‘lgan yoshlar bilan ishlash. 

3. Minitexnoparklar tashkil etiladi. Yoshlar minitexnoparklarda ishlashadi va bu yerda ularda innovatsion biznes boshlash bo‘yicha g‘oyalar paydo bo‘ladi. Shundan keyin kollejlar, oliy ta'lim muassasalariga kirishadi - biznes g‘oyalarini davom ettirib, hayotdagi maqsadlarini amalga oshira boshlashadi. 

Ta'kidlash joizki, Olim To‘ychiyev kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan edi. 

Top