O‘zbekiston | 22:41 / 03.07.2017
11955
2 daqiqa o‘qiladi

Press-klubda navbatdagi uchrashuv: Yosh rahbarlar va tadbirkorlar bilan jonli muloqot

Bugun, 3 iyul kuni Xalqaro Press klubning navbatdagi sessiyasi kuni-kecha tashkil topgan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi davlat tashkilotining faoliyatiga bag‘ishlandi.

Tadbirda Yoshlar Ittifoqi tashkiloti raisi Qahramon Quranboyev, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri birinchi o‘rinbosari Nabiyev Dilmurod, Xalq ta'limi vaziri birinchi o‘rinbosari Sobitxon Turgunov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Sun Litsze, Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi janob Yerik Utembayevlar spikerlar sifatida ishtirok etishdi. 

Bugungi press-klub o‘zining dolzarb va ahamiyatli mavzusi, shuningdek, qizg‘in muzokaralarga boy bo‘lgani bilan barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Buni sessiyani jonli efir orqali tomosha qilgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham tasdiqlashmoqda. Tadbir davomida yaqinda saylangan yosh rahbarlar ham so‘zga chiqishdi va o‘z oldilariga qo‘ygan reja-maqsadlari bilan ochiq-oydin o‘rtoqlashishdi. 

Shuningdek, Murod Nazarov, Laziz Adhamov, Xasan va Husan Mamasaidov kabi yetakchi tadbirkorlar ham O‘zbekistonda yoshlar siyosatida ahamiyat berish zarur bo‘lgan masalalarga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Ular bu boradagi o‘z tajriba va fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. 

Anjumanning yakuniy qismida jurnalistlar spikerlarga o‘z savollari hamda takliflari bilan murojaat qilishdi. Jumladan, Xotin-qizlar qo‘mitasining rasmiy sayti juda sust ishlashi tanqid qilindi.

Mavzuga oid

E`lonlar