Jamiyat | 20:00 / 04.07.2017
27887
2 daqiqa o‘qiladi

Qadimgi Rim betoni pishiqligining siri topildi

Foto © Wikimedia Commons

AQShning Yuta universiteti olimlari Qadimgi Rim betonining juda pishiqligi formulasini topishdi. Bu beton hozirgi betonlardan farqli, suv bilan ta'sirlashishdan yemirilmagan va yillar sayin mustahkamlashib borgan. Aniqlanishicha, bu pishiqlikning siri ikkita komponent – vulqon kuli va dengiz suvida yashiringan ekan.

Qadimgi Rimning beton inshootlarining aql bovar qilmas xususiyatlari haqida qadimdanoq ma'lum bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, qadimgi gavanlardagi bu beton inshootlari to‘lqinlar yemira olmaydigan monolitga aylanib, kundan-kunga pishiqlashib borgan. Sir emaski, zamonaviy beton inshootlar bunday sharoitlarda bir necha o‘n yillarda yemirilib ketadi. 

Qadimgi Rim betoni pishiqligi siri vulqon kuli, ohak va dengiz suvi ishlatilishida ekan. Bunday betonda okean to‘lqinlari ta'siri ostida uning mustahkamlanishiga ko‘mak beradigan minerallar shakllanar ekan. Bunday jarayon tabiatda ham yuz beradi – tuf deb nomlangan tog‘ jinsi aynan shunday tashkil topadi. Ko‘rinishicha, tabiat ortidan kuzatuv qadimgi rimliklarni noyob qurilish materialini yaratishga undagan bo‘lishi mumkin.

Endi olimlar bu betonning yo‘qotilgan retseptini tiklashga umid qilishmoqda. Agar ular buning uddasidan chiqsalar, unda zamonamiz odamlari asrlar osha qad rostlab turadigan beton inshootlar barpo eta oladilar. Bunday beton shu bilan birga ekologiyaga ziyon keltirmaydi.

Mavzuga oid