Quyoş energiyasi va vodorod ekologik sof energiya manbalari bölib, nazariy jihatdan insoniyatning barça energetik ehtiyojlarini qondirişi mumkin. Biroq bu manbalarning öz muammolari va çeklovlari mavjud. AQŞning muhandislik va amaliy fanlar Kolumbiya maktabi olimlari quyoş energiyasi va vodorodning ustun jihatlarini birlaştirişga imkon beruvçi usulni taklif qilişdi. Bu haqda Science Daily naşrida ma'lum qilindi.
Ayni vaqtda vodorod yonilğisining işlab çiqarilişini ekologik sof deb bölmaydi, çunki uni olişda metan buğlari konversiyasi asosiy usul hisoblanadi. Bu usulda atmosferaga karbonat angidrid gazi çiqariladi. Bu orada suvning elektrolizi, ya'ni elektr ta'sirida kislorod va vodorodga parçalanişi bezarar hisoblanadi. Olimlar elektroliz uçun quyoş energiyasidan foydalanişga qaror qilişdi.
Professor Daniel Espozito boşçiligidagi olimlar jamoasi fotogalvanik ta'minotli elektrolitik qurilmani yaratişdi. Bu qurilma oçiq dengizda suzgan holda avtonom platforma sifatida işlaşi mumkin. Uşbu qurilma dengizdagi neft platformalariga öxşaydi, biroq neft örniga dengiz suvini tortib oladi. Aynan şu suvdan quyoş energiyasi hisobiga vodorod olinadi.
Suvning elektrolizi uçun zamonaviy qurilmalarda qimmat turuvçi membranalar qöllanadi. Olimlar özgaça usul taklif qilişmoqda. Bu usul vodorod pufakçalarining suvda suzuvçanligiga asoslangan. Faqat bir tomonidan katalizator bilan qoplangan maxsus elektrod elektrolitlarni faol köçirmagan holda vodorod va kislorodni parçalab, ularni töplaydi. Vodorod pufakçalari sirtda yetarliça kattalikka kelganda, ajralib çiqib, vodorodni töplaşga möljallangan yuqori kameralarga suzib çiqadi. Bunda olingan vodorod sofligi 99 foizni taşkil qiladi.
Membranalardan voz keçiş nafaqat qurilmani arzonlaştiradi, balki uning xizmat muddatini oşiradi, çunki qurilmaning bu qismi ifloslanişlarga ta'sirçan va osongina yemiriladi. Turli qorişmalar va mikroorganizmlarga ega bölgan dengiz suvlari şaroitida membranali qurilmalarni qöllaş maqsadga muvofiq kelmaydi.
Olimlar yaratgan tizimning arzonligi va uzoq muddat işlaşi uni sanoatga tatbiq qiliş istiqboliga ega. Keyinçalik quyoş energiyasi va dengiz suvi yordamida vodorod olişga möljallangan butun bir okean zavodlarini quriş mumkin. Bunday zavodlar quruqlikdagi maydonlarni egallamay, içimlik suvi tanqisligini keltirib çiqarmagan bölardi. Olingan vodorodni stansiyalarda saqlaş yoki sohilga quvurlar orqali yetkaziş mumkin bölardi.











